TOShKENT, 17 okt - Sputnik. Andijonlik ayol o‘z farzandini tarbiyalayman deb, urib o‘ldirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.
22 Fevral 2018, 18:43
Xabarda aytilishicha, Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi uy bekasi - Sh.V. uyida 5 yoshli o‘g‘li Z.K.ni tarbiyalash maqsadida bola tanasini turli joylariga yog‘och bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazgan.
Natijada bola kasalxonaga yotqizilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bolakay kasalxonada vafot etgan. Sh.V. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.