Sergey Shoygu MDH mudofaa vazirlari nimalarga kelishishgani xususida

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mudofaa idoralari rahbarlari ishtirokidagi uchrashuv Toshkent shahrida 12-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi
Sputnik

TOShKENT, 12 okt - Sputnik. Bugun majlisda qabul qilingan qarorlar MDHga a’zo davlatlar orasida Mudofaa xavfsizligi sohasida o‘zaro hamkorlik kuchayishiga xizmat qiladi, dedi Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu Toshkentda o‘tkazilgan MDH davlatlari Mudofaa vazirlari majlisi yakunlari bo‘yicha bayonotida.

Azizov: dunyodagi vaziyat MDH mudofaa vazirlari kengashining ahamiyatini ko‘rsatmoqda

Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.

MDH MVK Raisi Shoygu, shuningdek, bugungi yig‘ilish davomida Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatga baho berilgani va xalqaro terrorizmga qarshi kurashishning zarur choralari belgilab olinganini ma’lum qilgan.

"Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar o‘rtasida harbiy hamkorlikni rivojlantirish, radiatsion, kimoviy va biologik vaziyatni baholash hamda nazorat qilishda Birlashgan tizimning istiqbollari to‘g‘risida muhokama olib bordik", - deb axborot berdi Shoygu.

Shuningdek, MDHga a’zo davlatlar qurolli kuchlari aviatsiya parvozlari sohasidagi hamkorlik masalalari, harbiy ta’lim sohasida harbiy bilim yurtlari kursantlari o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish, Ikkinchi jahon urushining 75-yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlari hamkorlikda amalga oshirish ko‘rib chiqilgan.

"Bugungi yig‘ilishda Ulug‘ Vatan urushida erishilgan G‘alabaning 75-yilligini nishonlashga start berildi. Bu juda muhim, ramziy tadbir. Xalqlarimizning yagona tarixi. Ular birgalikda fashizmni yakson qilishgan. Buni hamisha yodda tutish kerak", - deb qayd etdi Shoygu.

Shoygu Afg‘onistondagi vaziyatni nostabil deb hisoblaydi

Majlisda, shuningdek, kengash a’zolari Mudofaa vazirlari kengashining 2019-yil bo‘yicha ish rejasi qabul qilindi. 2019-yil davomida MDHga a’zo davlatlar Havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari qo‘shinlari qo‘mondonliklari o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulotlarni tashkil etishga qaratilgan hujjatlar imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, 12-oktabr kuni Toshkentdagi O‘zbekiston xalqaro forumlar saroyida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etdi.