NATO Afg‘onistondan hozircha ketmasligini ma’lum qildi

"Biz Afg‘onistonda keragidan ortiq qolmaymiz", — deb qayd etgan Stoltenberg, "alyans qancha kerak bo‘lsa, shuncha qolishini" qo‘shimcha qilgan holda. U xalqaro terrorchilarning mamlakatga qaytishlariga yo‘l qo‘yilmasligini aytgan.
Sputnik

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. NATO hozircha Afg‘onistondan chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqqani yo‘q, u mahalliy kuchlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda, chunki ketish bahosi ishtirokni saqlab qolishdan ko‘ra qimmat bo‘lar edi, deb bayonot qildi chorshanba kuni alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg.

Afg‘oniston parlamenti AQSh bilan xavfsizlik kelishuvini qayta ko‘rib chiqadi

Brusselda 11-12 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan, "Qat’iy ko‘mak" missiyasiga hissa qo‘shadigan NATOga a’zo mamlakatlar va hukumatlar rahbarlari hamda sheriklar ishtirokidagi sammitida afg‘on xavfsizlik kuchlarini moliyalashtirishni 2024-yilga qadar uzaytirish qarori qabul qilingan edi.

"Biz ketish bahosini, qolish bahosi bilan solishtirganimizda, shunday xulosaga kelamizki, chiqish bahosi hamisha baland bo‘ladi. Chunki, agar biz hozir Afg‘onistondan ketsak, u holda Afg‘onistonga toliblar ham, "ID" ham qaytishiga tayyor turishimiz kerak. "ID" Suriya va Iroqda yo‘qotgan "halifat"ni Afg‘onistonda tiklashga harakat qilar edi. Ya’ni, biz ketsak, yakun mana shunday bo‘lishi ehtimoli yuqori", — deb bayonot qildi Stoltenberg Nyu-Yorkda.

Stoltenbergning chiqishi videosi NATO matbuot-xizmati tomonidan tarqatilgan.

Rossiya Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvni tayyorlayapti

Alyans Bosh kotibi so‘zlariga ko‘ra, "Afg‘onistondan chiqishning yo‘li - siyosiy yechimga kela olishga qodir bo‘lishdir", shu bois NATO mamlakat prezidentining toliblar bilan muloqotga qaratilgan tinchlik bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

"Biz Afg‘onistonda keragidan ortiq qolmaymiz", — deb qayd etgan Stoltenberg, "alyans qancha kerak bo‘lsa, shuncha qolishini" qo‘shimcha qilgan holda. U xalqaro terrorchilarning mamlakatga qaytishlariga yo‘l qo‘yilmasligini aytgan.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" radikal harakati kuchlari o‘rtasida kurash ketmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, toliblar mamlakat hududining 50%i ustidan nazorat olib boradi. Shu bilan birga Afg‘onistonda "Islom davlati" terrorchilik guruhi ham o‘z ta’sirini kuchaytirmoqda.