OTMlar reytingi tuzish haqidagi qaror bekor qilindi - Adliya vazirligi

OTMlar reytingini tuzishda noaniqlik va oshkorasizlik bo‘lgan - Adliya vazirligi.
Sputnik

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan yaqinda e’lon qilingan OTMlar reytingi tuzishda - noaniqlik va oshkorasizlik bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri Adliya vazirligiga asosan.

Ushbu reyting O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo‘shma qarori asosida tuzilgan.

“Mazkur hujjat Adliya vazirligida huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. Shu bois, u yuridik kuchga ega emas va hech qanday huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi. Reytingni belgilash tartibining davlat ro‘yxatidan o‘tmagani va o‘rnatilgan tartibda nashr etilmagani e’tiborga olinsa, turli ko‘rsatgichlar bo‘yicha reyting natijalarini tuzishda noaniqlik va oshkorasizlik bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari, reyting tuzuvchilar OTMlarning alohida ko‘rsatgichlarini aniqlashda bir qatar noaniqliklar va kamchiliklar aniqlangan:

O‘zbekiston bo‘yicha notariuslar reytingi e’lon qilindi

Xususan, oliy ta’lim muassasalarida dars beradigan xorijiy o‘qituvchilar haqidagi indikatorlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ayrim oliy o‘quv yurtlari bir semestr yoki yil bo‘yi dars beradigan bir qancha pedagoglarni tanishtirgan bir paytda, asosan “Bir kunlik”, “bir haftalik” xorijiy mutaxassislar hisobga olingan. Oliy o‘quv yurtlari reytingini belgilashda ularning miqyosi, ta’lim yo‘nalishlari, iqtisodiy va kadrlar salohiyati, faoliyatining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan ko‘rsatgichlar bo‘yicha differensial yondashuv qo‘llanilmagan.

Ayni paytda, reyting tuzuvchilar diqqat-e’tiborini foiz ko‘rsatgichlariga emas, son ko‘rsatgichlari (ilmiy darajaga ega shaxslar soni, himoya qilingan dissertatsiyalar soni, xorijiy o‘qituvchilar soni, xorijiy oliy o‘quv yurtlarida ta’lim beradigan pedagoglar soni, chop etilgan maqolalar soni, xorijiy talabalar soni, ilmiy-tadqiqot faoliyatidan olingan mablag‘lar miqdori) ga qaratgan. Bu o‘z-o‘zidan, ko‘p sonli fakultetlar, pedagoglar va talabalarga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtlariga ustunlik bergan.

Eng yomon yo‘llarga ega mamlakatlar reytingi e’lon qilindi - O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q

Ayrim tushunarsiz sabablarga ko‘ra, garchi oliy ta’lim dargohlarining barcha yo‘nalishlarini kompleks va har tomonlarma o‘rganishda (o‘quv jarayonini tashkillashtirish, o‘quv-uslubiy hujjatlar sifati, talabalar qoniqqanligi, ishga joylashish darajasi, ish beruvchilarning bahosi) obyektiv to‘siqlar bo‘lmasada, tadqiqot bir yoqlama va faqat oliy o‘quv yurtlarning ilmiy-tadiqot faoliyatini tahlil etishdan iborat bo‘lib qolgan.

Ta’kidlash joizki, barcha oliy ta’lim dargohlari ham reyting rasman nashr etilgunicha o‘tkazilgan tadqiqot va reyting natijalari haqida xabardor bo‘lmagan. Bu o‘z navbatida, tadqiqotning ayrim jihatlarini ko‘rib chiqish va aniqlash imkonsizligiga sabab bo‘ldi.

Bunday yondashuv umumqabul qilingan xalqaro standartlar va tamoyillarga, xususan, Reyting bo‘yicha xalqaro ekspert guruhi (International Ranking Expert Group, IREG) tomonidan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtlari reytingini belgilash bo‘yicha Berlin prinsiplariga to‘g‘ri kelmaydi.

Dunyoning 100ta eng obro‘li kompaniyalari reytingi tuzildi

Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar oliy ta’lim muassasalari reyting natijalarida ham o‘z aksini topgan. Adliya vazirligining taqdimnomasiga asosan, qo‘shma qaror ijrodan qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz,  bir necha kun oldin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan respublikamizdagi 57 ta oliy ta’lim muassasalari reytingi nashr etilgan edi.

Ushbu reyting OTMlarda e’lon qilinganidan so‘ng, uning natijalari ijtimoiy tarmoqlarda ham turli qarama-qarshiliklarga sabab bo‘ldi.