Eng yomon yo‘llarga ega mamlakatlar reytingi e’lon qilindi - O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishRekonstruksiya trassi, arxivnoe foto
Rekonstruksiya trassi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan reytingga Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiritilgan. O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Butunjahon iqtisodiy forum Raqobatbardoshlik indeksi eng yaxshi va yomon yo‘llarga ega mamlakatlar reytingini e’lon qildi.

Xalqaro reytinglar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xalqaro reytinglarda
Reytingga jami 137 mamlakat kiritilgan. Yo‘llar sifati yetti balli shkalada baholangan. Birorta mamlakat eng yuqori ballni olmagan. Ammo Birlashgan Arab Amirliklari 6,4 ball olib, birinchi o‘rinni egallagan. Undan keyingi pog‘onalarda Singapur va Shveysariya (6,3 ball) turibdi.

Qirg‘iziston 2,7 ball olgan. Markaziy Osiyoga qo‘shni davlatlar orasida eng yuqori ball Xitoyga nasib qilgan (4,6 ball) — 42-pog‘ona.

Todikiston (4,1 ball bilan) reytingning 70-o‘rnini egallagan. Qozog‘iston 2,9 ball bilan 115-o‘rinda kelmoqda. O‘zbekiston reytingga kiritilmagan.

Reytingga ko‘ra, eng yomon yo‘llarga ega mamlakatlar bu Mavritaniya(2 ball), Kongo (2,1 ball) va Gaitiligi (2,1) ma’lum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0