Dunyoning 100ta eng obro‘li kompaniyalari reytingi tuzildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishNyu-York
Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Top 100 brendlar reytingiga birorta ham MDH kompaniyasi kiritilmadi. Reyting tuzishda Interbrand kompaniyasi kamida uch materikda biznes olib boruvchi, chinakam transmilliy kompaniyalarni hisobga olgan.

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Interbrand konsalting kompaniyasi dunyoning eng qimmat 100 ta brendi nomlarini sanab o‘tdi.

Reytingning eng tepasidan Apple o‘rin oldi. Bugungi kunda kompaniya qiymati 184 mlrd. dollarni tashkil qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda  — Google, 142 mlrd. $ va uchinchi o‘rinda — Microsoft 80 mlrd.$.

To‘rtinchi o‘rinda Coca-Cola (69 mlrd. $), 5 o‘rinda Amazon (69 mlrd. $),  6 — Samsung (56 mlrd. $), 7 — Toyota (50 mlrd. $), 8 — Facebook (48 mlrd. $), 9 — Mercedes Benz (47 mlrd. $), 10 — IBM (46 mlrd. $).    

Interbrand kompaniyasi reyting tuzishda kamida uch materikda biznes olib boruvchi, chinakam transmilliy kompaniyalarni hisobga olgan. Ushbu kompaniyalar daromadining katta  qismi o‘z mamlakatda emas boshqa mamlakatlarda olinadi.

Dunyoning top 100 brendlar reytingiga birorta ham MDH kompaniyasi kiritilmadi.

Brend o‘zi nima?

Brend — biror mahsulot yoki xizmatning iste’molchi tasavvuridagi  ko‘rnishi. Ushbu xizmat yoki mahsulotni taklif qilayotgan kompaniya orttirgan ishonchi, iste’molchi oldida uning ruhiy yoki ma’naviy qadri. Bir so‘z bilan aytganda, brend — bu biror kompaniya, mahsulot yoki xizmatning obro‘yi.

Yangiliklar lentasi
0