Popov: TAT loyihasi to‘xtatilishidan Turkmaniston xafa bo‘lmasligi kerak

Tojikiston - Afg‘oniston - Turkmaniston temir yo‘li qurilishi loyihasi noma’lum sabablarga ko‘ra qoldirildi. Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Dushanbe-Toshkent aloqalari yaxshilanganligi sababli ushbu loyihaga hojat qolmaganini ma’lm qilgan
Sputnik

Rossiya strategik tadqiqotlar instituti eksperti Dmitriy Popov TAT temir yo‘l loyihasini hayotga tatbiq etishda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

"Endi to‘siqlar yo‘q": O‘zbekiston — Tojikiston strategik hamkorlik yo‘lida

Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Sodiq Imomiy Ashurboyzodaning Dushanbe-Toshkent aloqalari yaxshilanganligi sababli, TAT loyihasiga hojat qolmagani haqidagi bayonotidan keyin Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi Tojikiston tomonga ushbu bayonotni "tushunmagani" haqida ma’lum qilgan.

Ekspert Dmitriy Popov so‘zlariga ko‘ra, ushbu yo‘l qurilishidagi asosiy muammolardan biri - bu mablag‘larning yo‘qligidir.

"Boshida ushbu loyihani Osiyo taraqqiyot banki moliyalashtirishi rejalashtirilgan edi. Bu loyiha ancha vaqtdan buyon muhokama qilinadi. Ammo oxirgi vaqtlarda OTB allaqanday signallar bermoqdaki, ularni bank ushbu loyihani hozir moliyalashtirishni xohlamayapti, deya izohlash mumkin", - dedi Popov Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

Ekspertga ko‘ra, Afg‘oniston shimolida so‘nggi vaqtlarda nafaqat "Tolibon" harakati, balki "IShID" terroristik harakati jangarilari faollashuvi kuzatilmoqda. Turli provinsiyalarda vaziyatning ziddiy tus olishi kuzatilmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

"Temir yo‘l qurilishi lozim bo‘lgan hududni jangarilar bir muddat oldin qo‘lga olgan edi, bilasiz. Shu bois, bu yerda masala birinchi o‘rinda mablag‘ yo‘qligida, ya’ni ushbu qimmat loyihaga pul tikadigan investorning yo‘qligida bo‘lsa", - dedi Popov. 

Ekspert shuningdek, Turkmaniston bu o‘rinda Tojikistondan xafa bo‘lishi kerak emasligini, balki o‘tirib, ushbu masalani bafurja, sokinlik bilan muhokama qilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Eskpert O‘zbekiston-Tojikiston aloqalari yaxshilanishi ehtimol ushbu loyihaning to‘xtatilishida ma’lum rol o‘ynagan bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi, ammo shunday bo‘lgan taqdirda ham TAT loyihasi yaqin yillarda baribir amalga oshmagan bo‘lganligini qo‘shimcha qildi.  

"Tojikiston ushbu loyihada qat’iy siyosiy irodani namoyon qilgan taqdirda ham, men yaqin yillarda bu loyiha hayotga tatbiq etilishiga ko‘zim yetmaydi. Chunki bu loyiha yuqorida aytganimdek juda katta mablag‘ talab etadi", - dedi ekspert.