Yevropa va Osiyo aloqalarini mustahkamlovchi YeIning yangi strategiyasi e’lon qilindi

Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi yangi strategiya YeI tajribasiga va qadriyatlariga asoslangan bo‘lib u asosiy uch yo‘nalishdan iborat.
Sputnik

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Yevropa Ittifoqi Osiyo mintaqasi bilan aloqalarni yanada kuchaytirishga qaratilgan strategiyaning asosiy g‘oyalarini belgilab beruvchi Qo‘shma Bayonot qabul qildi, deb xabar qilmoqda Yevropa komissiyaning matbuot xizmati.

Ushbu Qo‘shma Bayonot YeI davlatlari orasidagi va qo‘shni davlatlar va mintaqalar bilan aloqalarni mustahkamlash tajribasiga asoslangan bo‘lib, u YeIning Global Strategiyasining bir qismidir.

“O‘zaro aloqalar kelajakka yo‘ldir. Biz qanchalik ko‘p o‘zaro aloqa bog‘lasak – umumiy siyosiy yechimlar topish va fuqarolarimizga iqtisodiy farovonlik keltirishda imkoniyatlarimiz shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bizning yondashuvimiz Yevropa Ittifoqining yo‘lidir: bu yo‘l barcha sohalarda umumiy qoidalarni hurmat qilgan holda, barqaror o‘zaro aloqalar uchun mustahkam tarmoq yaratishdan iborat”, - deydi Oliy vakil Federika Mogerini yangi strategiya haqida. 

YeI Osiyo qit’asidagi mamlakatlarda iqtisod modellari va rivojlanish turli darajada ekanini e’tirof etgan holda, hamkorlikni quyidagi uch tayanchga asoslangan aniq harakatlar bilan birlashtiradi:

  • Transport aloqasi, energiya va raqamlashtirish tarmoqlari va insonlar o‘rtasidagi aloqalarni yaratish;
  • Osiyodagi mamlakatlar va tashkilotlarga o‘zaro aloqadorlik hamkorligini taklif etish;
  • Turli moliyaviy  vositalardan foydalangan holda barqaror moliyalashni rag‘batlantirish.

Chegaralararo tarmoqlar yaratish

Samarali infratuzilma va aloqalar iqtisodiy o‘sish va ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi, odamlar va yuklarni harakatga keltiradi.

Harbiy xavfsizlik, energetika, iqtisod: Berlin va Toshkent hamkorligining yangi yo‘nalishlari

YeI o‘zining tarmoqlarini transport, energiya tarmoqlari, odamlar o‘rtasidagi aloqalar, raqamli dunyo tarmoqlari sohalarida kengaytirib, o‘z hududidan tashqarida xuddi shunday tarmoqlar yuzaga kelishiga hissa qo‘shadi.

YeIning Trans-Yevropa-Transport tarmog‘i (TEN-T) Osiyo qit’asi bilan qo‘shni bo‘lgan mamlakatlargacha yetib bormoqda. Endilikda YeI  Trans-Yevropa-Transport tarmog‘ini Osiyodagi tarmoqlar bilan bog‘lashi lozim.

Bu borada YeIning Transport bo‘yicha komissari Violeta Bulk shunday deydi: “Transport infratuzilmasi YeI-Osiyo aloqalarining qon tomirlari bo‘lib, raqamlashgan va zaharli chiqindilarga qarshi kurash davrida qit’alararo odamlar va yuklarni tashiydi. Yevropa dunyodagi eng yaxshi rivojlangan transport tarmoqlaridan biri va infratuzilmani moliyalash dasturlarini hamkorlari bilan baham ko‘rmoqda. Demak, o‘zaro aloqalarlarning ahamiyati katta!”

Raqamli dunyo 

YeIning raqamli yagona bozori raqamli savdo xizmatlari uchun namuna bo‘la oladi va uning Raqamli rivojlanish strategiyasi (Digital4Development strategy) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiladi. Biz bozor munosabatlariga asoslangan holda toza energiyadan foydalanishga o‘tishga diqqat qaratadigan mintaqaviy erkin energiya bozorlarini yaratish tajribamizni baham ko‘ramiz. Biz maorif, ilmiy izlanishlar, innovatsiya, madaniyat va turizm sohalarida insonlar o‘rtasidagi o‘zaro almashuvlar va harakatchanlikni targ‘ib qilishni davom ettiramiz.

Ikki tomonlama va global aloqalar

Bizning dunyomiz tovarlar, xizmatlar va odamlarning tekis va xavfsiz oqimi bilan bog‘liq. Qoidalarga asoslangan, odil va shaffof ichki bozor tajribasiga ega Yevropa Ittifoqi barqaror aloqalarga bo‘lgan xuddi shunday yondashuvni targ‘ib etish uchun o‘z hududlaridan tashqarida bo‘lgan sheriklari bilan hamkorlikka kirishmoqda.

Toshkentda "Markaziy Osiyo + Yevropa Ittifoqi" formatida uchrashuv o‘tkaziladi

YeI ikki tomonlama aloqalar hamkorligini olg‘a surishda davom etadi. Masalan, YeI-Xitoy aloqalar platformasi har ikki tomonga o‘zaro sinergiya yaratish va turlicha qarashlarni muhokama etishga yordam beradi.

Mintaqaviy darajada YeI turli mintaqaviy tashkilotlar o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatish va integratsiyaga o‘z tajribalariga asoslangan holda hissa qo‘sha oladi. Masalan, Boltiq va Qora dengiz, shuningdek, ASEAN hamda ASEM jarayonining bir qismi sifatida.

Mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shish orqali Yevropa Ittifoqi o‘zining barqaror va qoidalarga asoslangan o‘zaro aloqalar o‘rnatish modelini kengaytiradi. Va nihoyat, Jahon savdo tashkiloti, Xalqaro energiya agentligi,  Xalqaro dengiz agentligi va BMT kabi xalqaro tashkilotlar Yevropa Ittifoqi barqaror va odil global amaliyotlarni qo‘llab kelayotgan tashkilotlarga misol bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi bu harakatlarini davom ettiradi.

Investitsiyalarni barqaror moliyalashni targ‘ib etish 

Osiyo qita’si yiliga taxminan 1.3 trillion yevro infratuzilma investitsiyasiga ehtiyoj sezib turgan bir paytda YeI kompaniyalari uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. Faqat buning uchun mustahkam huquqiy asoslar zarur.

Norov: Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston uchun xalqaro sahnadagi muhim hamkorlardan biridir

YeI xalqaro moliyaviy tashkilotlar, ko‘ptarmoqli rivojlanish banklari va xususiy sektordan kelayotgan moliyaviy manbalarni birlashtirishga harakat qiladi. Bundan maqsad o‘zaro aloqalar uchun mahalliy va xalqaro barqaror moliyalash va ayni paytda shaffoflik hamda  barchaga birdek sharoit yuzaga kelishini ta’minlashdir.

Transport yo‘llari, energiya, insonlar va raqamli tarmoqlar orqali yanada yaxshi bog‘langan Yevropa va Osiyo jamiyatlar va mintaqalar barqarorligini ta’minlash, savdoni rivojlantirish, qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni rag‘batlantirish, yanada barqaror va zararli gazlar kam chiqariladigan kelajakni yaratishga xizmat qiladi.

Xulosa o‘rnida 

Mazkur Qo‘shma Bayonot YeIning qo‘shni Tinch okeanidagi hamkorlari bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlay boshlagani haqida xabar beradi va bu harakatlar Yevropa va o‘zaro aloqalarga bizning yondashuvimizni qadrlaydigan mamlakatlar xalqlariga manfaat keltiradi.  

Qo‘shma Bayonotda bildirilgan takliflar endi Yevropa parlamenti va Kengashi bilan muhokama qilinadi va o‘zaro aloqalarning 18-19 oktabr kunlari bo‘ladigan oliy darajadagi Osiyo-Yevropa Uchrashuvida (ASEM) ham muhokama qilinishiga hissa qo‘shadi.