Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olishni orzu qilmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2013-yil 1-yanvarda Jerar Depardyega Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risida qarorni imzolagandi.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Fransiyalik mashhur aktor Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olish estagini bildirdi, deb xabar qildi RIA Novosti Aydinlik gazetasiga asosan.

BMT inson rivojlanish indeksini e’lon qildi

Ilgariroq Frans Press agentligi xabariga ko‘ra, Depardye Pxenyanda ko‘rishgan. U yerda KXDRning tashkil topganiga 70-yil to‘lishi munosabati bilan bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jurnalistlar Depardyeni mehmonxonaning barida ko‘rishgan.

“Men oktabrda Turkiyaga bormoqchiman va Erdo‘g‘on bilan gaplashaman”, - Depardye so‘zlarini keltiradi nashriyot.

Aktor Turkiya fuqaroligini olish istagi borligini ham ma’lum qilgan. Buni Depardye Pxenyanga tashrif buyurganda aytgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2013-yil 1-yanvarda Jerar Depardyega Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risida qarorni imzolagandi. Shundan so‘ng aktor Saransk shahrida propiska olgan. Depardye Fransiya fuqaroligini ham saqlab qoldi.