Siyosiy mojaro: qrimliklar chiqishidagi noxushlik tufayli Rossiya OBSEga norozilik kiritadi

Rossiya delegatsiyasi vakillaridan birining aytishicha, Rossiya delegatsiyasidan hech kim chiqish qilolmagan bir vaqtda, ukrainalik delegatlar birin-ketin chiqish qilishgan va hech qanday jazosiz Rossiya ustidan mag‘zava ag‘darishgan.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen - Sputnik. Qrimning ayrim vakillariga Varshavada bo‘lib o‘tayotgan OBSE YeHXT majlisida chiqish qilishda halal berishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Tramp G7 uchrashuvida Qrim Rossiyaga tegishli ekanligini aytgan – OAV

Ushbu munosabat bilan majlisda ishtirok etayotgan Rossiya delegatsiyasi tashkilot rahbariyatiga norozilik bildirishini ma’lum qilgan.

Ikki hafta lavom etayotgan anjumanning maqsadi - tashkilotga a’zo mamlakatlar hukumatlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklari, demokratiya, bag‘rikenglikka amal qilinishi hamda irqchilikka qarshi kurash sohalarida  qabul qilingan majburiyatlarni ko‘rib chiqishdir.

Majlis reglamenti har biri uch soat davom etadigan sessiyalarni nazarda tutadi. Tadbir ishtirokchilari sessiya davomida o‘z ismlarini ro‘yxatga kiritishlari mumkin. Muzokaralar vaqtida muvofiqlashtiruvchi ro‘yxatdagi barcha figurantlarga gapirish imkonini beradilar.

Sessiya davomidagi mojaro

OAV erkinligi masalasi muhokama qilinayotgan vaqtda Qrim vakillari chiqishlari yuzasidan qizg‘in diskussiya avj oldi. Rasman ularga so‘z berildi, biroq ularning bayonotlari, yarimorol okkupatsiya qilingan hududligi, shu bois, uning vakillari Rossiya nomidan chiqish qilolmasligini ta’kidlovchi Ukraina delegatsiyasi vakillari izohlari bilan bo‘linar edi.

Gerxard Shreder: Rossiyaning hech bir rahbari Qrimni qaytarib bermaydi

Kanadalik delegat hattoki Qrim vakillarini zaldan chiqarish taklifini kiritdi, biroq hech kim uning gapiga quloq solmadi.

Rossiya TIV axborot va matbuot departamenti rahbari o‘rinbosari Maksim Buyakevich, qrimliklar Rossiya Federatsiyasi fuqarolari chiqish qilayotganliklari va rasman majlis ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tishganligini tushuntirdi.

"OBSE territorial kelib-chiqishni aniqlashtirish huquqiga ega emas <…>. Asossiz ravishda chiqish huquqidan mahrum qilishbiz tomondan eng jiddiy qoidabuzarlik sifatida talqin qilinadi", - deb ogohlantirdi u.

Shunday bo‘lsa-da, yarimorolning ba’zi vakillari oxir-oqibat chiqish qila olmadilar, chunki so‘z majlisning keyingi ishtirokchilariga berildi.

Ikkiyuzlamachilik

Yevropa Rossiya Qrimi tinch va osuda hayot kechirayotganini eshitishni xohlamaydi, deb hisoblaydi delegatsiya vakili "Qrim ko‘prigi" avtonom notijorat tashkiloti bosh produseri Aleksandr Belanov.

AQSh Qrimni Rossiyaniki deb tan olmaydi - Pentagon rahbari bayonoti

Yana bir delegatsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasidan hech kim chiqish qilolmagan bir vaqtda, ukrainalik delegatlar birinma-ketin chiqish qilishgan va hech qanday jazo olmasdan Rossiya ustidan mag‘zava ag‘darishgan. "Inson huquqlarini himoyalash va jurnalistlar erkinligini muhovaza qilish bosh maqsadi bo‘lgan maydonda bu qadar ochiqcha ikki xil standartlarning qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan holat", - deb ta’kidladi u.

Ukrainada bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarishidan so‘ng 2014-yilning mart oyida o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra, Qrim Rossiya tarkibiga kiritilgan. Referendum davomida ovoz beruvchilarning 95%i yarimorol Rossiya tarkibiga kiritilishi uchun ovoz berishgan.

Ukraina yarimorolni avvalgidek o‘ziniki, ammo vaqtincha "okkupatsiya qilingan hudud" deb hisoblab kelmoqda.

Rossiya prezidenti o‘z chiqishlaridan birida Qrim masalasiga allaqachon uzil-kesil nuqta qo‘yilganini aytgan edi.