TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shreder — Qrim Rossiya tarkibida abadiy qoladi, dedi Stern nashriga.
Siyosatchining fikriga ko‘ra, hech bir rahbar Qrimni Rossiya tarkibidan chiqarmaydi. Agar Germaniya boshqacha nuqtayi nazarda bo‘lsa, bu Berlin va Moskva munosabatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Shrederning fikriga ko‘ra, Germaniya-Rossiya munosabatlarida Germaniya Vashingtonning emas o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda harakat qilishi kerak.