Hindiston hamma uchun bir vaqtning o‘zida hamkor bo‘lmoqchi. Uddalarmikin

Gap shundaki, hozirgi Bosh vazir Narendra Modi rahbarligida Hindistonning tashqi siyosiy strategiyasi hech bir kuch markazlariga qo‘shilmaslik, ulardan bir xil masofa uzoqlikda bo‘lishga asoslangan
Sputnik

Dmitriy Kosirev, "Rossiya segodnya" XAA siyosiy sharhlovchisi

AQSh va Hindiston aloqa va xavfsizlik vositalari bo‘yicha bitim imzoladilar.

Dehlida bo‘lib o‘tgan AQSh va Hindiston o‘rtasidagi "strategik muloqot" eng avvalo barcha "manfaatdor tomonlar" reaksiyasi tufayli qiziq kechdi. Xususan, Moskva va Pekin rasmiy darajada sukut saqlamoqda. Shtatlarda ham "hurkitib yubormaslik" tamoyili asosida, hotirjamlik hukmron. Lekin aksariyat hindistonliklar "muloqot" yakunidan norozi, shu jumladan Xitoyning norasmiy nashrlarida bu haqda ta’kidlanmoqda.

AQSh muntazam o‘z elchilarini muzokaralar uchun yuborib turibdi - Ruhoniy bayonoti

Gap shundaki, hozirgi Bosh vazir Narendra Modi rahbarligida Hindistonning tashqi siyosiy strategiyasi hech bir kuch markazlariga qo‘shilmaslik, ulardan bir xil masofa uzoqlikda bo‘lishga asoslanmoqda.

Albatta g‘oya ajoyib, gap uni hayotga tatbiq etishga kelmagunga qadar.

"2+2" formati jahonda juda ommalashgan - ikki juftlik uchrashadi, ya’ni ikkala tomonning Mudofaa va Tashvi ishlar vazirlari.

Shunday qilib, amerika siyosatining ikki veteranlari - Jim Matis va Maykl Pompeo Dehlida o‘z hamkasblari bilan muloqot qilishgan, ya’ni ikki xonim - Nirmala Sitxaraman va Sushma Svarajlar bilan. Bitta muhim hujjat - kommunikatsiyalar xavfsizligi va mosligi to‘g‘risidagi bitim imzolangan.

Bu haqda 10-yildan buyon muhokama etib kelinadi, ya’ni Hindistonning avvalgi hukumati vaqtida boshlangan. Bu hujjatsiz Donald Trampning "amerikanikini ol", orzusini (bu yerda esa qurol-aslaha nazarda tutilmoqda) amalga oshirishning imkoni yo‘q edi.

Shuningdek, Dehlining rejalarini ham. Hindiston AQShdan dengizda joylashtiriladigan vertoletlari, desantchilar uchun mo‘ljallangan "Gerkules"lar, uchuvchisiz uchish moslamalari va boshqa ko‘plab aslahalarni xarid qilishni rejalashirgan.

Ushbu xaridlar narxi turlicha, ammo har qanday taqdirda ham bu - bir necha milliard dollarga yetishi aniq.

AQSh Butunjahon savdo tashkilotidan chiqishi mumkin, dedi Tramp

Gap shundaki, bu texnikaning barchasi "xavfsiz va mos" kommunikatsiyalarsiz hech narsaga yaramaydigan temirga aylanadi. Ammo bu kommunikatsiyalar shunday tuzilganki, amerikaliklar bu orqali Hindiston harbiy kanallari bilan aloqani qo‘lga kiritadilar.

Bularsiz quyidagi holat bo‘lmaydi: Hind okeanida xitoy suvosti kemalarini ovlayotgan Hindistonning Boeing P-8I quruqlikdagi baza bilan xavfsiz bog‘lanmoqda.

Hindiston AQShga S-400 xarididan voz kechmasligini yetkazmoqchi

Xitoy suvosti kemalari? AIShda esa hech kim o‘z sharqiy siyosati maqsadini, (albatta, qurol-aslahalar sotishdan tashqari) hatto yashirmaydi.: bu maqsadlar Hindistonning qo‘llari bilan Xitoyni ushlab turish va shu bilan birga Rossiyaning Hindiston bilan hamkorligini barbod qilishga qaratilgan.

Ammo gap shundaki, Hindiston Xitoy bilan ham, Rossiya bilan ham harbiy aloqalarini rivojlantirmoqda. Ya’ni bir hamkorlikni ikkinchisi tufayli uzishni istamaydi.

U shunchaki hammadan, yevropaliklarni ham unutmagan holda, (qurol-aslahalar tomondan) eng zo‘rini olishni xohlaydi. Zenit-raketa majmuasiga kelsak, Dehliga yaxshisi kerak, va Hindiston Rossiyadan S-400ni xarid qilish niyatida ekanligini aytgandi.

Dehlida o‘tgan "strategik muloqot"da aynan mana shu vaziyat atrofida drama o‘tkir tus olgani mana asta-sekin oydinlashmoqda. Ma’nosi shundaki, AQSh siyosatining uslubi (shuningdek, u yerda qabul qilingan yangi qonun ham) shuni nazarda tutadiki, agar kimda-kim Rossiyadan S-400ni xarid qilsa, amerika sanksiyalari ostiga tushadi. Mana, S-400 aralashgan va shunday vaziyatda qolgan Turkiyaga ham shuni uqdirmoqchi bo‘lishmoqda.

Samarqandda "Hindiston - Markaziy Osiyo" muloqoti majlisi bo‘lib o‘tadi

Ammo hindistonliklar, biz Turkiya emasmiz, demoqda. Biz uchun istisno qilinishi kerak, axir tilga olingan qonun bo‘yicha prezident shunday vakolatlarga ega. Deli bo‘yicha istisno masalasida hali hech qanday qaror qabul qilinmagan, ammo Matis Dehlida Rossiya qurol-aslahasiga tayanadigan Hindistonning tarixiy haqiqatlarini tushunish lozimligi, haqida gapirgan edi.

Darvoqe, Hindiston harbiy bozorlarida Rossiya ishtiroki (savdo va hamkorlikdagi qurol aslahalar ishlab chiqish) 60%ni tashkil etmoqda, ammo AQSh ikkinchi o‘ringa chiqib tezda unga yetib olmoqda.

Natijada muallaq qolgan nozik vaziyat yuzaga keldi: Hindistonga bosim o‘tkazish - demakki, hech narsasiz qolish, amerikalik hamkor rossiyalik hamkor bilan birga qolishi holatini yuzaga keltirish esa - qandaydir noodatiy holat.

Buyog‘iga oldinda saylovlar. Qo‘shma Shtatlarda noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlar bilan bog‘liq vaziyat qaltis ahvolda, unda respublikachilar hech bo‘lmaganda, hozirgi pozitsiyasini saqlab qolishga umid qilmoqda. Hindistonda bahorda Modi qayta saylanadi.

Natijada - hech narsa. Hech qanday ma’lumot, hatto S-400 haqida. Vaziyat qanday tus olsa ham ajablanishga hojat yo‘q edi (S-400 va boshqa masalalarda), ammo Dehlidagi uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarini juda sokin tutishmoqda.

Modi: Hindistonning ShHTga a’zoligidan tashkilotdagi barcha davlatlar uchun naf bor

Lekin bu ham Hindistonga amerikaliklargagina xoslik bilan boshqa sujet bo‘yicha bosim o‘tkazishdan voz kechdi, degani emas: undan Eron neftini sotib olishni to‘liq to‘xtatishni, AQSh bilan savdo balansini tenglashtirishni va boshqa narsalarni maslahat berishmoqda.

Umuman olganda, Dehlidan bularni talab qilishmoqda, faqat yumshoqlik bilan. Yo‘l qo‘yilgan har qanday qaltis harakat - Hindiston singari (barcha qarshi turgan kuchlarga hamkor bo‘lish strategiyasisiz qoladi) AQSh ham (Hindistonni Xitoy bilan qarshi qo‘yish orzusidan mahrum bo‘ladi) yutqazadi.

Yuz berayotgan voqealar istiqboldagi ideal kelajakka nazar tashlashga imkon beradi: bunda hech kim bir-biriga qarshi turadigan bloklarni tuzmaydi, hamma hamma bilan muloqotda bo‘ladi (agar do‘st bo‘lmasa), va bu bilan dunyoni basplansda ushlab turishadi.

Hind tushunchasidagi ko‘pqutblik.

Keling endi, 90-yillar oxirida Moskvadagi ko‘plab odamlar AQSh boshchiligidagi G‘arb qudratiga qarshi Rossiya-Xitoy-Hindiston birligi haqida orzu qilishgan. Va G‘arb haqiqatda hali qudratli ko‘rinishga ega bo‘lib turgan bir vaqtda, bu birlik bor edi.

Va o‘z orbitasiga boshqa ko‘plab mamlakatlarni jamlashga muvaffaq bo‘lgandi (ShHT, BRIKS va boshqalarni yodga olaylik).

Lekin hozir vaziyat sal boshqacha. Negaki, Hindiston, o‘zini juda katta deb his qilmoqda yoki his etishni boshlamoqda. U AQSh, Xitoy va Rossiya uchun kichik hamkor bo‘lishni istamayapti.

S-400 "Triumf" jangovar navbatchilikka kirishdi

Hindiston o‘z qudratini ko‘z-ko‘z qilish usulini izlamoqda, bu tushunarli maqsad. Lekin...

Yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha ko‘plab hind mualliflarining izohlari noxush.

Misol uchun: hukumat tortning mazali mevalariga hamisha ham mazaxo‘rak bo‘lolmaydi. Ya’ni tortni to‘liq yeydigan bo‘lsang - to‘g‘rirog‘i, AQShdan qurol xarid qilar ekansan, ustiga amerika siyosatini ham qo‘shib olasan. Yana biri: "Tramp ma’muriyati Modi hukumatini ajoyib tarzda chuv tushirdi: Hindistonning Rossiya, Xitoy, Eron va Pokiston bilan munosabatlarini Vashingtondagi odamlarga bog‘liq qilib qo‘ydi".

Ko‘ramiz, kimning bahosi to‘g‘ri chiqar ekan.