Modi: Hindistonning ShHTga a’zoligidan tashkilotdagi barcha davlatlar uchun naf bor

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishHindiston Bosh vaziri Narendra Modi
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Modi, shuningdek, Hindiston tashkilotga a’zo bo‘lgan kundan ShHT chegarasi "Tinch Okeanidan Yevropagacha, va Shimoliy Muz okeanidan Hind okeanigacha cho‘zilishini", tashkilotning o‘zi esa insoniyatning 40%ni va Yer sayyorasidagi milliarddan ortiq yoshlarni ifodalashini ta’kidlab o‘tdi.

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Hindistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga batamom qo‘shilishi va tashkilotning to‘laqonli a’zosiga aylanishi ShHTga a’zo barcha mamlakatlar uchun foydalidir, deb ta’kidladi Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi.

"Shubhasiz, Hindiston uchun ShHTdan energetika, tabiiy resurslar va sanoat borasida katta foyda bor. Ammo, o‘z navbatida, Hindistonning kuchli iqtisodiyoti va uning sig‘imi katta bozori ShHT regionida iqtisodiy o‘sishni yuzaga keltira oladigan "bog‘lovchi bo‘g‘in" vazifasini o‘tay oladi. Hindistonning savdo, investitsiya, zamonaviy kommunkikatsiya texnologiyalar, kosmik sanoat, ilm-fan, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, kichik va o‘rta tadbirkorlik sohalaridagi imkoniyatlari ShHTga a’zo mamlakatlarga iqtisodiy jihatdan naf keltirishi mumkin", — deya ta’kidladi Narendra Modi ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlari Kengashining kengaytirilgan majlisida.

Modi, shuningdek, Hindistonning ShHTga a’zoligi region gullab-yashnashiga hissa qo‘shadi va uning xavfsizligini yanada oshiradi, deb qo‘shimcha qildi.

"Hindiston ShHT davlatlari bilan birikib mana shu maqsadlarga erishish uchun ish olib boradi. Biz terrorizmga qarshi kompleks kurash olib borish siyosatini qabul qlamiz", — deb ta’kidladi Hindiston Bosh vaziri.

U shuningdek, Hindiston tashkilotga a’zo bo‘lgan kundan ShHT chegarasi "Tinch Okeanidan Yevropagacha, va Shimoliy Muz okeanidan Hind okeanigacha cho‘zilishini", tashkilotning o‘zi esa insoniyatning 40%ni va Yer sayyorasidagi milliarddan ortiq yoshlarni ifodalashini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0