TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Polshalik senator, "Fuqarolik platformasi" partiyasi a’zosi Machey Grubskiy dushanba kuni Sputnik Polskaga bergan intervyusi tufayli fraksiyadan chiqish to‘g‘risida ariza yozadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Jurnalist bilan suhbatda u Rossiya prezidentidan "g‘oyatda ta’sirlangani" va uni "qattiq hurmat qilishi" haqida gapirgan.
Shuningdek, senator Putinni "juda aqlli rahbar va daho geosiyosatchi" deb atagan.
Grubskiyning so‘zlariga ko‘ra, u rossiyalik yetakchining dunyoning turli chekkalarida Rossiya manfaatlariga rioya qilishi singari uddaburroligidan ta’sirlangan.
Bundan tashqari, Grubskiy Ukrainaning Rossiya bilan mojarosida Polsha rasmiy Kiyevni qo‘llab-quvvatlashiga qarshi ekanini bildirgan.
Siyosatchining partiyadagi a’zoligini shu zahoti to‘xtatishgan, bu haqda partiya dissiplinasi uchun mas’ul bo‘lgan Lukash Abgarovich ma’lum qilgan. U Grubskiyning so‘zlari "Fuqarolik platformasi" qarashlariga mos kelmasligini ta’kidlab, uning fikrlarini "davlat manfaatlari uchun zararli", deb atagan.