Qozog‘istonda politsiyachi o‘z komandirini otib qo‘ydi

Ushbu holat yuzasidan "qotillik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Qozog‘istonning Chapayevo poselkasida politsiya serjanti o‘z komandirini tuman ichki ishlar bo‘limi hovlisida tabel quroldan otib qo‘ydi, deb xabar qildi "Mening shahrim" reginal portali. RIA Novosti xabari asosida.

Toshkentda Post-patrul xizmati rahbari o‘z kabinetida o‘ldirib ketildi

Nashr xabariga ko‘ra, baxtsiz hodisa payshanba kuni kunning ikkinchi yarmida ro‘y bergan.

"Akjaik tumani Chapayevo poselkasida ichki ishlar bo‘limi hududida 1994-yilda tug‘ilgan politsiya serjanti .... 1986-yilda tug‘ilgan vzvod komandiriga qarata tabel quroldan o‘y uzgan. Komandir olingan jarohatdan vafot etgan", - deb xabar qilgan portalga mahalliy politsiya matbuot-xizmati.

Ushbu holat yuzasidan "qotillik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.