TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Saudiya Arabistonida diniy mavzuda hazil qilish 5-yilga ozodlikdan mahrum etish jazo berilishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti qirolik prokuraturasi bayonotiga asosan xabar qildi.
“Jamoat tartibini buzish, diniy qadriyatlarni va axloq meyorlarini masxara qilishga qaratilgan kontentni yaratish va tarqatish kiber jinoyat deb qaraladi”, - deyilgan xabarda.
Aybdor deb topilganlar 5-yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi, shuningdek 3 million rial (800 ming dollar) jarima qo‘llaniladi.
2012 yilda “Saudiya Arabistoni liberal tarmog‘i” veb-saytini asoschisi Raif Badavi ruhoniylarni va qirollik diniy politsiya tanqid qilganligi uchun hibsga olingandi.
Bloger islom dinini haqorat qilganligi, kiber jinoyat sodir etish bo‘yicha ayb qo‘yildi. Hozirgi vaqtda Badavi 10-yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.