AQSh Butunjahon savdo tashkilotidan chiqishi mumkin, dedi Tramp

Tramp ma’muriyati hayotga tatbiq etmoqchi bo‘lgan yangi norma BSTning asosiy tamoyillarini inkor etadi. Eskpertlarning atishicha, bu AQShning tashkilotdan chiqishi bilan barobar
Sputnik

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Donald Tramp agar Butunjahon Savdo Tashkilotida ijobiy tomonga o‘zgarish yuz bermasa, AQSh uni tark etishi mumkinligini bildirdi.

Tramp prezident bo‘lsa, Xitoy bilan "orani ochiq" qilishga so‘z berdi

"Agar ular o‘z ishini yaxshilamasa, men BSTdan chiqaman", - deb ta’kidlagan prezident Blumbergga bergan intervyusida, deb yozadi RIA Novosti.

Tramp shuningdek, BST uzoq yillar davomida Qo‘shma Shtatlarga juda yomon munosabatda bo‘layotganini qo‘shimcha qilgan.

Tramp tashabbusi

Axios portalida iyul oyi boshida e’lon qiligan ma’lumotga ko‘ra, AQSh ma’muriyati Butunjahon savdo tashkiloti talablarini inkor qilish imkonini beradigan qonunchilik loyihasini kiritishni rejalashtirmoqda. Agar hujjat qabul qilinsa, prezident kongress ma’qullashiga muhtoj bo‘lmagan holda, bir tomonlama tartibda import tovarlarga boj kiritish huquqini qo‘lga kiritadi.

Shuningdek, yangi norma BSTning asosiy tamoyillarini inkor etish huquqini beradi. Qonunchilik organidagi manbaning aytishicha, ushbu hujjatning qabul qilinishi mamlakatning tashkilot a’zoligidan chiqishi bilan barobardir.

BSTni isloh qilish istagi

Tramp ushbu xabar e’lon qilinganidan keyin uch hafta o‘tib, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bilan uchrashdi.

Muzokaralar yakunida prezident Tramp AQSh va YeI BST islohoti ustida birgalikda ish boshlashlarini va’da qildi.

Xitoy delegatsiyasi savdo muzokaralarini o‘tkazish uchun Vashingtonga yo‘l oldi

Bundan tashqari, amerika yetakchisi Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi savdodagi "vijdonsiz harakatlarga" qarshi kurash olib borishlari haqida bayonot berdi.

Ular bunday harakatlarning keng ro‘yxatini misol tarzida keltirib o‘tishgan. Ya’ni Vashington Xitoy hisobiga yozayotgan - davlat kompaniyalari tomonidan yuzaga keltirilgan hamda savdo mollarining bosib qo‘yilishi oqibatida ro‘y bergan: texnologiyalarning majburiy transferi, aqliy xususiy mulk o‘g‘irligi, sanoat subsidiyalari va bozor faktlarining buzib ko‘rsatilishi kabi holatlardir.

Ammo Tramp Xitoy nomini ochiq tilga olmagan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Tramp Butunjahon savdo tashkilotini "falokat" deb atab, u AQShga ishbilarmonlik faolligini amalga oshirishda to‘sqinlik qilayotganini aytgan edi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, "AQSh Meksika va Kanada foydasiga ko‘p pul yo‘qotmoqda".