O‘zbekiston hukumati 23:00dan keyin ko‘ngilochar savdo obyektlari ishini taqiqlamoqchi

Qator muassasalarga savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasi yuklangan
Sputnik

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. O‘zbekiston hukumati qaroriga ko‘ra, endilikda mamlakatda 21:00 dan 09:00 ga qadar alkogolli mahsulotlarni sotishga yo‘l qo‘yilmaydi, ko‘ngilochar savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarida xizmat ko‘rsatish soat 23:00 dan boshlab to‘xtatiladi.

Tungi kafeda “maski-shou” uyushtirgan xodimlar ustidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

Bu haqdagi qaror loyihasi Davlat Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, endilikda alkogolli mahsulotlarni quyib savdo qilish faqat umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.

Ko‘ngilochar savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarida xizmat ko‘rsatish soat 23:00 dan boshlab to‘xtatiladi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasiga:

- savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish;

Bundan buyon tungi klublar 23:00da yopiladi

- uch oy muddatda alkogolli mahsulotlar savdo qilinadigan savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarini texnik qo‘riqlash vositalari, yong‘indan darak beruvchi, qo‘riqlash signalizatsiyalari va videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash hamda o‘rnatilgan tartibda ichki ishlar organlarining texnik qo‘riqlash punktlariga ulash choralarini ko‘rish vazifasi yuklangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari alkogolli mahsulotlarning tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash, ularning salbiy ta’siri profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini kuchaytirishi kutilmoqda.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga respublika bo‘yicha bir oy muddatda tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda tungi klub ko‘rinishidagi ko‘ngilochar savdo obyektlarida favqulodda holatlarning oldini olish, ularning yong‘inga qarshi va sanitariya holatlarini, shuningdek ushbu obyektlarda shakllanayotgan ma’naviy-ijtimoiy muhitni o‘rganib chiqish va natijalari bo‘yicha qonunda belgilangan choralar ko‘rishi vazifasi yuklatilgan.