TOShKENT, 22 avg – Sputnik. IIBB Toshkentdagi kafelardan birida tekshiruv vaqtida mijozlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan xodimlari faoliyatiga baho bermoqda.
“Yaqinda biz, xodimlarimiz Toshkentdagi kafelardan birida, xizmat vazifasini o‘tash vaqti qo‘pol harakatlarga yo‘l qo‘yganinidan xabar topdik. Ushbu ish yuzasidan xizmat tekshiruvi belgilangan. U yerda bo‘lgan har bir xodimning hatti-harakatiga obyektiv baho beriladi va taaluqli choralar qo‘llaniladi”, - dedi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Jo‘rayev.
Shuningdek, Jo‘rayev bunday hollarni oldini olish uchun xodimlar bilan IIBBning o‘zi ham kurash olib borayotganini haqida aytib berdi.
IIBB boshlig‘i o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bunday xodimlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda va kadrlar tanlash hamda ularni o‘z o‘rniga qo‘yishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldign Toshkent shahridagi kafelardan birda tungi tekshiruv vaqtida, IIV xodimlari u yerda bo‘lgan mijozlarni tiz cho‘ktirgan, yerda yotgan odamni oyog‘i bilan tepgan holatlari tasvirlangan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.