TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya uchuvchilari Shanxay hamkorlik tashkiloti ishtirokchi-mamlakatlarining "Tinchlik missiyasi-2018" antiterror-mashg‘ulotlarida 100dan ziyod aviatsiya bombalarini tashlaydilar.
Mag‘ulotlar 22-avgust kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida boshlangan.
Xususan, to‘rt mamlakat ekipajlari 60ga yaqin parvozlarni amalga oshiradilar, poligonga 100dan ziyod, umumiy og‘irligi 30 ming tonnnaga yaqin bo‘lgan bombalar tashlanadi.
Shuningdek, aviaguruh mingga yaqin boshqarilmaydigan va 20dan ortiq boshqariladigan raketalarni uchiradi.
"Operatsiya" davomida Mi-8 vertoletlari havo desantlarini tushirish, shuningdek, "yaradorlarni" evakuatsiya qilishni ta’minlaydi. O‘z navbatida, Mi-24 ekipajlari "dushman"ning bronirovka qilingan texnikasi bo‘ylab raketa-pushka zarbalarini amlaga oshiradi. Su-24 qiruvchi samolyotlari "jangarilar lagerlari"ga bomba tashlashi, Su-25 samolyotlari esa texnikalar kolonnasini bombardimon qilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, ShHT "Tinchlik missiyasi-2018" harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari 22-avgustdan 29-avgustga qadar davom etadi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan, Xitoy, Hindiston va Pokistondan 3 ming nafar harbiy xizmatchilar, 500 ta harbiy texnika, jumladan aviatsiya texnikasi ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston vakillari kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.