TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Rossiyaning Ural o‘lkasida ShHT “Tinchlik missiyasi-2018” harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Rossiya Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni Aleksandr Lapin.
“ShHT “Tinchlik missiyasi-2018” harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari 24-avgustdan 29-avgustga qadar davom etadi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan, Xitoy, Hindiston va Pokistondan 3 ming nafar harbiy xizmatchilar, 500 ta harbiy texnika, jumladan aviatsiya texnikasi ham ishtirok etadi. O‘zbekiston vakillari kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi” – deyilgan xabarda.
Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatini boshlaganidan beri uning a’zolari “Tinchlik missiyasi” nomi ostida bir necha o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazishdi. Ulardan birinchisi 2003-yilning avgustida Qozog‘iston va Xitoy hududida bo‘lib o‘tgan edi.