Vladimir Norov ShHT bosh kotibi etib saylandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va hududlararo izlanishlar Instituti direktori Vladimir Norov ShHT bosh kotibi etib saylandi.

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. ShHT davlat rahbarlari kengashi Vladimir Norovni 2019 – 2021-yillarda tashkilot bosh kotibi lavozimiga sayladi, deb xabar qilmoqda tashkilot matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozimda Norov tojikistonlik Rashid Alimov o‘rnida faoliyat yuritadi. Ayni damda Vladimir Norov Norov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va hududlararo izlanishlar Instituti direktori lavozimida ishlaydi.

ShHTning 18 sammiti 9-10 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Sammitda Hindiston va Pokiston  ilk bor to‘laqonli a’zo sifatida ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0