TOShKENT, 21 avg - Sputnik. AQSh qator rossiya kompaniyalari va fuqarolarini sanksiya ro‘yxatlariga kiritdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xususan, kibersanksiyalar ro‘yxatiga ikki nafar rossiyalik va ikki kompaniya - Peterburgning Vela-Marine LTD kompaniyasi va slovakiyaning Lacno S.R.O firmasi kiritilgan.
Cheklovlarga kirgan fuqarolar bu - 1985-yilda tug‘ilgan Anton Nagibin hamda 1973-yilda tug‘ilgan Marina Sarevalardir. Ular sanksiya e’lon qilingan "Dayvtexnoservis" kompaniyasi bilan aloqadorligi aytilmoqda.
Bundan tashqari, Vashington KXDR bo‘yicha sanksiyalarga ikki rossiya kompaniyasi (Vladivostokdagi "Gudzon Shipping" va Sankt-Peterburgdagi "Vela-Marin") oltita kemalarni kiritgan. Sanksiyalarga tushgan kemalar. bular: Rossiya bayrog‘i ostida suzuvchi "Bella", "Bogatir", "Neptun", "Partizan", Patriot" va "Sevastopol" kemalaridir.
AQSh Moliya vazirligi AQSh to "Moskva o‘z xulq-atvorini o‘zgartirmagunga qadar" Rossiya qarshi sanksiyalar kiritishda davom etishini ma’lum qilgan.