G‘azni uchun jang: Ashraf G‘ani toliblarga qarshi kurashayotgan askarlar sonini ko‘paytirdi

Ashraf G‘ani yakshanba kuni kechqurun G‘azni provinsiyasi gubernatori, harbiy qo‘mondonlari, mamlakat milliy xavfsizlik boshqarmasi rahbari va politsiya vakillari bilan favqulodda majlis o‘tkazgan
Sputnik

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "Tolibon" radkal harakati va Hukumat kuchlari to‘ynashuvi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan G‘azni shahriga ko‘proq askar yuborishni buyurdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Tolo News telekanaliga tayangan holda.

Toliblar G‘azni shahrini shturm qilmoqda - OAV

Telekanal bu ma’lumotni Ashraf G‘anining matbuot-kotibi Xaruna Chaxansuridan olgan.

Chaxansurining so‘zlariga ko‘ra, Ashraf G‘ani yakshanba kuni kechqurun G‘azni provinsiyasi gubernatori, harbiy qo‘mondonlari, mamlakat milliy xavfsizlik boshqarmasi rahbari va politsiya vakillari bilan favqulodda majlis o‘tkazgan.

Tolo News telekanali o‘z manbasiga tayangan holda tarqatgan xabarga ko‘ra, provinsiyada afg‘on milliy armiyasining 100ga yaqin harbiy xizmatchilari bedarak yo‘qolgan. Ta’kidlanishicha, ushbu ma’lumot haligacha rasman tasdiqlanmagan.

Telekanal xabar berishicha, provinsiyaning ba’zi tumanlarida hanuzga qadar "Tolibon" harakatining ko‘plab jangarilari mavjud bo‘lib, to‘qnashuvlar davom etmoqda.

"Tolibon" delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Ilgariroq, 1TV telekanali tibbiyot xizmati vakiliga tayangan holda G‘aznida toliblar va hukumat kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuv oqibatida kamida 103 kishi halok bo‘lgani, 133 nafari esa jarohatlangani haqida xabar tarqatgan edi. Afg‘on armiyasi shtab rahbari Muhammad Sharif Yaftaliy matbuot-anjumani davomida Afg‘oniston hukumati G‘azniga ming nafar spesnaz jangchilari va 400 dona bronemashina yuborganligini ma’lum qilgan. U shuningdek, G‘azni Hukumat nazorati ostida qolishda davom etayotganligi haqida bayonot qilgan.