"Tolibon" delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.
Sputnik

TOShKENT, 11 avg - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati mamlakatga "Tolibon" delegatsiyasi kelganligi haqida xabar berdi.

Toliblar G‘azni shahrini shturm qilmoqda - OAV

"2018-yilning 7-10-avgust kunlari Doha shahrida joylashgan “Tolibon” harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, “Tolibon” harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilingan.

Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.