Tojikiston Markaziy Osiyoda "ipak yo‘li vizasi" joriy etilishini qo‘llab-quvvatladi

Avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston Silk viza joriy etish taklifini ilgari surgani xabar qilingandi.
Sputnik

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Tojikiston Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida umumiy "ipak yo‘li vizasi" joriy etilishiga qiziqmoqda, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston.

O‘zbekiston va Qozog‘iston kelishuviga ko‘ra Osiyo shengeni tez orada joriy etilishi mumkin

Respublika parlamentining xalqaro ishlar, jamoatchilik birlashmalari va axborot qo‘mitasi rahbari Olim Salimzodaning aytishicha, bunday tashabbus Tojikistonda katta qiziqish uyg‘otadi.

Prezident Emomali Rahmon davlat mustaqilligiga erishilganidan buyon mintaqa davlatlarining yaqinlashuvi va sayyohlar, mahsulotlar va xizmatlar uchun sun’iy to‘siqlarni olib tashlash tarafdori bo‘lib kelmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston Silk viza joriy etish taklifini ilgari surgani xabar qilingandi. Ayni paytda tomonlar o‘rtasida bu borada faol muzokaralar olib borilmoqda.