O‘zbekiston harbiylari AQShda bo‘lib o‘tadigan o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi

AQShga O‘zbekiston harbiylari bilan bir qatorda Tojikiston, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya harbiylari ham kelishdi.
Sputnik

 

TOShKENT, 8 avg - Sputnik. O‘zbekistonlik harbiylar AQShda 23-avgustga qadar bo‘lib o‘tadigan "Sahro burguti- 2018" o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishadi, deb xabar berdi RIA Novosti.

O‘zbek razvedkachilari ArMI musobaqalarida eng yaxshi natijani ko‘rsatishdi

O‘quv mashg‘ulotlaridan maqsad BMT standartlari bo‘yicha tinchlikni saqlash operatsiyalaridagi vazifalarni o‘zlashtirishdan iborat. Bu yilgi o‘quv mashg‘ulotlari Janubiy Karolina shtatidagi MakKreydi poligonida o‘tkaziladi. Qatnashchilar bo‘linmalarni boshqarishni tashkil etish, shtab operatsiyalarini o‘tkazish, turli mamlakatlardagi hamkasblarining tajribalarini o‘rganish masalalari bilan shug‘ullanishadi.

"Sahro burguti" mashg‘ulotlari 2003-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Loyiha harbiy operatsiyalarni rejalashtirishda boshqaruv organlarining umumiy yondashuvini ishlab chiqish imkonini beradi. Bunda gap asosan BMT va NATO harakatlari to‘g‘risida bormoqda.

AQShga O‘zbekiston harbiylari bilan bir qatorda Tojikiston, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya harbiylari ham kelishdi.

Avvalroq o‘zbekistonlik harbiylar Rossiyada yaqinda yakuniga yetgan ArMI-2018 xalqaro musobaqalarida uchinchi o‘rinni egallashgandi.