TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Akramov o‘ldirganlikda gumonlanuvchi shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi, deb xabar qildi Gazeta.uz nashri.
Xabarda aytilishicha, jinoyat sodir etishda gumon qilinib shahar IIBB HPB (huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi) katta inspektori R.Abdullayev (1985 yilda tug‘ilgan, IIV tizimida 2009-yildan ishlab kelgan) ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 4-avgust kuni soat 21:10 larda Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasida joylashgan IIVga qarashli PPX va JTSBB binosining ikkinchi qavatidagi o‘z xizmat xonasida Dilshod Akramovning (1979 yilda tug‘ilgan, IIV tizimida 1996-yildan ishlagan, shahar IIBB PPX va JTSBB Bosh boshqarma boshlig‘i) murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
2018 yil 4-avgust kuni mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov Bosh prokuratura “O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish” boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.