Tadbirkor Jahongir Umarovning onasi prezidentdan yordam so‘radi

Narkotik moddalar saqlashda ayblanayotgan tadbirkorning 80 yoshli onasi prezidentga murojaat qildi.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Tadbirkor Jahongir Umarovning onasi Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib haqiqat qaror topishida yordam berishni so‘radi, deb xabar qilmoqda Uznews.uz nashri.

Toshkent shahar IIBB tadbirkor kaltaklangani haqidagi xabarni rad etdi

Eslatib o‘tamiz, Toshkentlik tadbirkor Jahongir Umarov, 2018-yilning 22-yanvarida narkotik moddalarni noqonuniy tayyorlashda ayblanib, qamoqqa olingan edi. Sudda Umarov ayblovlarni tayziq ostida  bo‘yin olishga majbur bo‘lganini aytgan edi.

Youtubeda joylashtirilgan videolavhada Jahongir Umarovning 80-yoshli onasi Muyassar Umarova prezident Shavkat Mirziyoyevdan o‘g‘lini tuhmat balosidan qutqarib, o‘z himoyasiga olishni so‘ragan.