Yetti mingdan ortiq o‘zbekistonlik ziyoratchilar katta haj amalini ado etadilar

Dasturni amalga oshirish doirasida Toshkent, Namangan, Samarqand, Qarshi va Buxoro shaharlaridan 32ta reysda O‘zbekistondan 7200 nafar ziyoratchi olib boriladi.
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi  29 iyuldan "Haj-2018" dasturi doirasida parvozlarni amalga oshirishni boshladi.

2018 yilgi haj mavsumi uchun to‘lov miqdori belgilandi

Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

"Haj amalini ado etish niyatidagi o‘zbekistonlik ziyoratchilar shu yilning 13-avgustiga qadar qulay Boeing-767 samolyotlarida Saudiya Arabistonining Madina shahriga yetkazib qo‘yiladi", - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Dasturni amalga oshirish doirasida Toshkent, Namangan, Samarqand, Qarshi va Buxoro shaharlaridan 32ta reysda O‘zbekistondan 7200 nafar ziyoratchi olib boriladi.

Qaytish  reyslari 27-avgustdan 14-sentabrgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ziyoratchilar vatanga Jidda shahridan qaytishadi.