Donald Tramp hukumat ishini to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda

Yangi "toqatsizlik" siyosati o‘laroq chegarada yuzaga kelgan inqiroz Tramp ma’muriyatini o‘ta noqulay vaziyatga solib qo‘ydi
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp demokratlar "chegara xavfsizligi uchun" ovoz bermaydigan bo‘lsa, hukumat ishini to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda. Xavfsizlik Meksika va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida devor qurilishini o‘z ichiga oladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

AQShda bir yashar bolakay ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi

"Agar demokratlar devor qurilishini o‘z ichiga oladigan chegara xavfsizligi uchun ovoz bermaydigan bo‘lsa, u holda hukumat "ishini to‘xtatishga" majbur bo‘laman! Lotereya, ushlash, ozod qilish va shunga o‘xshash holatlardan qutulish va nihoyat loyiqlikka asoslangan immigratsiya tizimiga o‘tishimiz darkor! Bizning mamlakatimizga buyuk odamlar kelishi kerak!", - deb yozgan Tramp o‘zining Twitter dagi akkauntida.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Tramp ijro qaroriga imzo chekkan bo‘lib, hujjatda AQSh chegarasida noqonuniy immigrantlar qo‘lga olinganda, ota-onalar va bolalarni ajratmaslik imkoniyatlari nazarda tutilgan edi. Prezident ushbu qarorni muxolifatchilar bosimi, qisman o‘z partiyadoshlari va jamoatchilik fikri bosimi ostida qabul qildi.

Trampning 10 ta saylovoldi va’dasi

Yangi "toqatsizlik" siyosati tufayli chegarada yuzaga kelgan inqiroz Tramp ma’muriyatini o‘ta noqulay vaziyatga solib qo‘ydi. Saylovchilari oldida bergan va’dalarini bajarishi uchun prezident chegara to‘g‘risidagi qonunlarni hayotga tatbiq etishi lozim, bu qonunlar esa katta yoshdagi noqonuniy migrantlarni hibsga olishni nazarda tutadi. Bolalar taqdiri qanday kechishi esa noma’lum. Bolalarni vaqtinchalik markazlarda saqlashni ko‘pchilik vahshiy munosabat, deya baholamoqda, ularni qo‘yib yuborish esa qonunga zid, qolaversa bolalarni olib ketadigan insonlar ham yo‘q.

Noqonuniy migratsiyaning oldini olish uchun Meksika bilan chegarada devor qurilishi Tramp tomonidan berilgan saylovoldi va’dalarning biri edi.

Shuningdek, Tramp AQShning migratsiya to‘g‘risidagi qonunlarini dunyodagi eng "ahmoqona qonunlar", deb atab, kongress ularni to‘g‘irlash ustida ishlar olib borishi lozimligini qo‘shimcha qilgan.