Odam savdosidan jabrlanganlar asosan yoshlarni tashkil qiladi - Ashita Mittal

Bugun Xalqaro press-klubda 30-iyul - Jahon odam savdosiga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan maxsus sessiya bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik.  Sessiya O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Xalqaro press-klub va BMTning giyohvandlik moddalari va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri. 

O‘zbekistonda qizini sotmoqchi bo‘lgan ayol onalik huquqidan mahrum etildi

Unda BMT narkotik va jinoyatchilik boshqaruvi mintaqaviy vakili Ashita Mittal so‘zga chiqdi.

“Odam savdosi dunyoda transmilliy uyushgan jinoyatlar qatorida uchinchi o‘rinni egallaydi. Bu qurol-yaroq va giyohvand moddalarni noqonuniy savdosidan keyingi o‘rinlarda turadi. Umumjahon mehnat tashkiloti tomonidan berilgan baholarga ko‘ra, ayollar odam savdosi qurbonlariga aylanayotganligi namoyon bo‘lmoqda. Demak, odam savdosi jabrlanganlar asosan yoshlarni tashkil qiladi. Ular xato to‘qima, a’zolarni sotish va sotib olish jinoyatlaridan iborat. Odam savdosi jinoyatiga kiruvchi omillardan – iqtisodiy, ya’ni moddiy daromad olish maqsadida qilinadi”, - deb ta’kidladi Mittal.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, odam savdosini oldini olish, uning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan omillarni zaiflik nuqtalarini oldini olishga to‘g‘ri keladi.

“Aksariyat hollarda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar va jabrlanganlar kelib chiqishidan bir-biriga yaqin bo‘ladi. Bir tilda gaplashishadi. Ba’zan oila a’zolari bo‘lishi ham kuzatilgan. Barchamizni tashvishga soladigan narsalar biri hammamiz e’tiborli bo‘lishimiz kerak”, - deya o‘z fikrini bildirdi xalqaro tashkilot vakili.  

Astraxanda odam savdosi uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Ashita Mittal tashkilot tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Bizning xalqaro hamkorlarimiz - Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa tashkilotlar bilan ish olib bormoqdamiz. 24 ta agentlikdan iborat bo‘lgan ishchi guruhi tashkil etilgan. Biz odam savdosidan jabrlangan shaxslarga nisbatan mehrimizni, yordamimizni berishimiz kerak. Jinoiy javobgarlikka tortish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu masalalarda ham jamiyat, davlat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni yanada jadallashtirish kerak. O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat qatorida bu sohada OAVlar imkoniyatlaridan keng foydalangan holda targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borishi kerak”,  - dedi Mittal.

BMT vakilining so‘zlariga ko‘ra,  YuNISEF va BMT oilasiga kiruvchi tashkilotlar qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada xalqaro instrumentlar, xususan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, prokuratura idoralari va boshqa huquq tartibot xodimlari qo‘llanma va yo‘llanma bo‘lishi mumkin bo‘lgan xalqaro instrumentlar qabul qilingan.

“Barqaror rivojlanish maqsadlari gapiriladigan bo‘lsa barchamizni harakatlarimizni bu vahshiy ko‘rinish namoyishlarga ega bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishga, sog‘lom jamiyat yaratish qaratilgan harakatlarni birlashtirishimiz kerak. 2030-yilga kelib noqonuniy qurol-yarog‘ oqimlari sezilarli darajada kamaytirish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirishimiz kerak”, - deya qo‘shimcha qildi BMT mintaqaviy vakili.