O‘zbekiston Afg‘onistonga internet xizmatlarini eksport qiladi

Muzokaralar davomida tomonlar shuningdek o‘zaro telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq texnik va tijorat masalalarini ham muhokama qildi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. “O‘zbektelekom” AK va Afg‘onistonning Afghan Wireless Communication Company (AWCC)  telekommunikatsiya operatori bilan internet xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda “O‘zbektelekom” matbuot xizmati xabar berdi.

Jahon banki O‘zbekistonda tezkor internetni ishga tushirishga yordam beradi

Muzokaralar 24-iyul kuni bo‘lib o‘tdi.

"Uchrashuvda hamkorlik memorandumi imzolandi va O‘zbekiston / Afg‘oniston xalqaro chegara punktlarida “O‘zbektelekom” AK va AWCC tarmoqlari o‘rtasida yangi xalqaro chegara qo‘shma qurilishi bo‘yicha bitim imzolandi. Ushbu bitim Afg‘onistonga xalqaro internet tarmog‘i xizmatlarini eksport qilish imkoniyatini beradi", - deyiladi xabarda.

Muzokaralar davomida tomonlar shuningdek o‘zaro telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq texnik va tijorat masalalarini ham muhokama qildi.