O‘zbekistonda ota-onalar bilan ishlaydigan jamoatchilik tuzilma takomillashtirildi

Fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Fuqarolar yig‘ini huzuridagi "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligi "Huquqiy axborot" kanali.

Toshkentda uzluksiz patrullik xizmati o‘z ishini boshladi

Qaror bilan fuqarolar yig‘ini huzuridagi "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra universitetning asosiy vazifasi, jumladan farzand tarbiyasiga yetarli e’tibor bermayotgan ota-onalar bilan ishlash, fuqarolar yig‘inidagi oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish hisoblandi.

Universitet tarkibi 10-15 nafar a’zodan iborat tarkibda ovoz berish yo‘li bilan shakllantiriladi.

Har yili Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan "Eng namunali xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-ahloqiy qadratlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis" ko‘rik-tanlovi doirasida namunali faoliyat olib borayotgan "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari va a’zolarini rag‘batlantirish bo‘yicha alohida nominatsiyalar joriy etiladi.