Toshkent shahrida bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy quriladi

Joriy yilda Toshkent shahrida 28 ming xonadonli 638 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Ularning 334 tasi arzon uy-joylar bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘pdir.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Toshkent shahrida bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy quriladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Qo‘yliq metro yo‘lini Navro‘zgacha bitirish haqida topshiriq berdi

Uzoq yillar davomida Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylar qurilmagan. Oqibatda aholi orasida uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj ortib ketgan. 

Prezident tashabbusi bilan 2017-yildan boshlab respublikaning barcha shaharlarida turar-joyga muhtoj oilalar uchun arzon va har tomonlama qulay uy-joylar qurish boshlandi. Jumladan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tgan yili 102 ta ko‘p qavatli arzon uylar qurilib, 4 ming 88 ta oila o‘z uyiga ega bo‘ldi.

Joriy yilda Toshkent shahrida 28 ming xonadonli 638 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Ularning 334 tasi arzon uy-joylar bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘pdir.

Jumladan, Sergeli tumani "Choshtepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida chet ellik investorlar ishtirokida 72 ta 7 qavatli uy qurilishi boshlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur uylar loyihasi bilan tanishdi. 

Toshkent shahrida bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy quriladi

"Toshkentda hech qachon bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy qurmaganmiz. Bitta mavzeda 72 ta 7 qavatli uy rejalashtirmaganiz. Bu poytaxtimizdagi bunyodkorlik, xalqimiz talabini qondirish yo‘lidagi ishlarimiz miqyosidan bir dalolat. Tasavvur qilinglar, bu uylar qancha odamlarga ishonch, qancha oilalarga fayz-baraka olib keladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari uylar qurishning zamonaviy yutuqlarini o‘zlashtirish, bunday uylarni boshqa joylarda ham loyihalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.