Shahram G‘iyosovdan nokaut, Ahmadaliyev va G‘oibnazarov ham g‘alaba qozondi

Bugun o‘zbekistonlik uch professional bokschi navbatdagi g‘alabalariga erishishdi
Sputnik

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Bugun, 15-iyul kuni tongda o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov o‘zining professional boksdagi uchinchi jangida meksikalik Daniel Echeverriyani mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi

Bir kunda o‘zbekistonlik uch professional bokschi navbatdagi janglarini o‘tkazadi

Jang 1-raundning o‘zidayoq yakuniga yetdi. Shahramning kuchli zarbasidan Daniel nokautga uchradi va jangni davom ettira olmadi.

Shu tariqa Shahram prof boksdagi o‘zining 3 g‘alabasiga erishdi.

Shuningdek, Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tarildi va 78:74 hisobida g‘alaba qozondi.

Murodjon Ahmadaliyev o‘zining navbatdagi jangida argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alabani qo‘lga kiritdi.

G‘oibnazarovning professional ringdagi g‘alabalari soni 5 taga yetdi, Murodjon Ahmadaliyev uchinchi g‘alabasiga erishdi.