Bir kunda o‘zbekistonlik uch professional bokschi navbatdagi janglarini o‘tkazadi

© Pixabay / fbhkBoksorskie perchatki
Boksorskie perchatki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ErtagaShahram G‘iyosov, Fazliddin G‘oibnazarov va Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi janglarini o‘tkazadilar

TOShKENT, 14-iyul – Sputnik. Ertaga professional ringda faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschilar Shahram G‘iyosov, Fazliddin G‘oibnazarov va Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi janglarini o‘tkazadilar, deb xabar berdi “Olamsport”.

Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Shahram G‘iyosov professional boksdagi uchinchi jangini AQShning Los-Anjeles shahridagi Florentine Gardens Hollywood arenasida meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi o‘tkazadi.

Meksikalik bokschi 26 yoshda bo‘lib, faoliyatini 2012-yilda boshlagan. Shu kungacha professional boksda 24ta jang o‘tkazib, ularning 19tasida g‘alaba qozongan. O‘n yettita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Beshta jangda mag‘lubiyatga uchratgan, shulardan ikkitasi nokaut bilan.

Shahram G‘iyosov esa professional ringda ikkita jang o‘tkazib, har ikkisida g‘alaba qozongan. Janglarning birida u raqibini muddatidan avval mag‘lub etgan.

Yana bir bokschi Fazliddin G‘oibnazarov esa "Lakefront Arena"da o‘zining beshinchi jangini o‘tkazadi. Unga amerikalik Kevin Jonson raqiblik qiladi.

Fazliddin professional ringda to‘rtta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). Kevin esa beshta jang o‘tkazgan va barchasida raqiblarini mag‘lub etgan (4tasi nokaut bilan).

Shuningdek, Rio Olimpiadasi hamda jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev ham professional boksdagi o‘zining uchinchi jangini o‘tkazadi.

Ahmadaliyev argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi ringga ko‘tariladi.  

Molina professional ringdagi faoliyati davomida 12ta jang o‘tkazgan. Shularning 7tasida raqiblarini mag‘lub etgan (2tasida nokaut evaziga). To‘rtta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Bitta jangda durang natija qayd etilgan.

Murodjon Ahmadaliyev esa professional boksda ikkita jang o‘tkazib, har ikkisida ham raqiblarini nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgan.

Barcha janglar Toshkent vaqti bilan 15-iyul kuni tongda o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0