TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Olma-ota viloyatida kanalizatsiya quvuri yorilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, bir nafar shaxs jarohatlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston nashri.
"Soat 12:34 kanalizatsiya qudug‘ida tozalash ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda 200 mm diametrli truba yorilib ketgan. "Metan" gazidan zaharlanish natijasida uch kishi halok bo‘lgan: 1967-yilda tug‘ilgan santexnik hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan, ikkinchi santexnik (1969 yilda tug‘ilgan) va vrach-travmatolog (1988 yilda tug‘ilgan) reanimatsiyaga tushishgan va u yerda vafot etishgan", — deb xabar qilgan Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot-xizmati.
Ishchilarga yordamga shoshilgan 1984-yilda tug‘ilgan shifokor jabrlangani haqida ham ma’lum. U hozir mediklar nazoratida.
FVD ma’lumotiga ko‘ra, baxtsiz hodisa xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilmaganligi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Politsiya o‘z navbatida ushbu hodisani ro‘yxatga olgan va tegishli tekshiruv ishlarini olib bormoqda.