"O‘zbekiston 2035": aholi turmush darajasini oshirishda nimalarga e’tibor qaratiladi

Bugun Toshkent shahrida 60dan ziyod xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekistonning 2035-yilgacha taraqqiyot strategiyasi konsepsiyasi muhokamasi boshlandi
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Bugun Toshkent shahridagi Inxa universitetida "O‘zbekiston 2035" forumi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston-2035: Markaziy Osiyo yuragini o‘n yetti yildan so‘ng nima kutmoqda
Forumda beshta yo‘nalish bo‘yicha yalpi sessiyalar olib borilmoqda. Bular: demokratik institutlarni qayta isloh etish va rivojlantirish; aholining turmush darajasi va ijtimoiy himoyasini oshirish; ASK, sanoat, YeK va infratuzilmani rivojlantirish; moliyaviy tizim ko‘magida innovatsiya, kichik va o‘rta tadbirkorlikni iqtisodiy rivojlantirish; ilm-fan, turizm, madaniyat, ta’lim va inson kapitali sohalarini rivojlantirish.

Aholining turmush darajasi va ijtimoiy himoyasini oshirish yo‘nalishidagi sessiya moderatori, Belgiyada barqaror rivojlanish va korporativ ijtimoiy mas’uliyat sohasi mutaxassisi Malika Sharipova muhokamalar davomida nimalarga e’tibor qaratilishi haqida aytib o‘tdi.

Sessiyada aholini ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish; atrof muhitni muhofaza qilish tizimini rivojlantirish va Demokratiya va yoshlar siyosati haqida muhokamalar bo‘lib o‘tadi.

Sessiya doirasida O‘zbekistonda 2035-yilgacha aholi ijtimoiy turmush darajasi va ijtimoiy muhoazani ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash va yoshlar siyosati bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilangan:

Ijtimoiy himoya bo‘yicha — ijtimoiy cheklashlarga qarshi kurash yangi va yuqori haq to‘lanadigan ish joylarini va samarali mexanizmlarini yaratish. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini modernizatsiya qilish. Xodimlarning huquqini mustahkamlash, ularning sog‘lig‘i va ish xavfsizligini ta’minlash. Ish joyidagi kamsitishlardan himoya qilish va nogironlar huquqini himoya qilish.

O‘zbekistonda ilk bor “Yosh vatandoshlar” festivali bo‘lib o‘tadi
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha: SSV Davlat budjeti va iqtisodiyotiga qaram bo‘lmasligi kerak, buning o‘rniga shunday sog‘liqni saqlash tizimini yaratish kerak-ki, bu tizim davlat rivojlanishi uchun turtki bo‘lsin — Iqtisodiy jihatdan samarali, arzon va o‘z-o‘zini qoplaydigan bo‘lishi kerak.

Ekologik vaziyatni yaxshilash esa iqtisodiyotni chiqindilarsiz ishlab chiqarish jarayoniga o‘tkazish haqida bo‘ladi.

Yosh avlod bilan bog‘liq siyosiy jihatlardan biri yosh avlodni o‘qish bosqichidan ish bosqichiga o‘tishini ta’minlash, ularni jahon standartlari darajasiga javob beradigan kasblar bilan ta’minlash.

Bu vazifalarni amalga oshirishi uchun O‘zbekistonda qanday imkoniyatlar bor, degan savol ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistonda xalqaro kollej ochiladi
Aholini agrar iqtisodiyotdan sanoat, yuqori texnologiyali iqtisodiyotga o‘tishga tayyorlash, yangi yaratilayotgan kasblar uchun o‘rta va keksa yoshdagi insonlarni qayta tayyorlash muhim muammolar orasidadir.

Ushbu vazifalarning barchasi qonunchilikda islohotlarni amalga oshirishni, idoralararo munosabatlar tizimini va boshqaruvlar mexanizmlarini, butun jamiyatni ushbu jarayonga jalb etishni, shuningdek, moddiy ta’minotni talab qiladi.

Sessiyalar davomida ushbu masalalar borasida ekspertlar jahondagi tajribalar bilan bo‘lishadilar, o‘zlarining qimmatli tajribalari bilan bo‘lishadilar, jahondagi rivojlangan davlatlar amaliyotidan misollar keltiradilar.