2018 yilning 1 choragida O‘zbekiston asosan oltin va gaz eksport qildi

Proizvodstvo zolota
2018 yilning birinchi choragida O‘zbekiston asosan oltin va gaz eksport qilib neft va dori vositalari hamda shakar import qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. 2018-yilning 1 choragida O‘zbekiston umumiy eksporti hajmi $2,9 mlrd.ni tashkil qilgan, import hajmi esa $3,6 mlrd, deb xabar qilmoqda kommersant.uz nashri Markaziy bank hisobotiga asosan.

O‘zbekiston eksportining aosiy qismini oltin tashkil qilgan – $ 1,3 mlrd., ikkinchi o‘rinda tabiiy gaz eksporti – $ 487 mln. Umumiy hisobda ushbu ikki mahsulot O‘zbekiston eksportining 61 %ini tashkil qilgan.

Otdix na poberejye Egeyskogo morya
O‘zbekiston o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinni egalladi

Eksport bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy hamkorlari: Shveysariya – umumiy eksport hajmidan 49%, Xitoy – 15%, Rossiya — 13%, Qozog‘iston — 7%, Turkiya — 6%, Afg‘oniston — 4%.

O‘zbekistonga import qilingan mahsulotlar orasida eng katta mahsulotlar guruhi quyidagilarni tashkil qildi: neft va neft mahsulotlari—$186,5 mln., dori vositalari — $184,7 mln., avtomobillar uchun ehtiyot qismlar  — $141,9 mln., shakar va saxaroza — $131,6 mln., metalloprokat — $120,4 mln., to‘qimachilik uskunalari— $91,7 mln.

Import bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy hamkorlari esa Rossiya – 26 %,  Xitoy — 23%, Qozog‘iston— 10%, Janubiy Koreya — 8%, Turkiya — 7%, Litva — 6%, Germaniya — 5%.