TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekiston o‘rik eksporti hajmi bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda turibdi. Bu haqda East-fruit portali ma’lum qildi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, keyingi yilda respublika o‘rik eksportini ikki baravarga – 50 ming tonnadan 23 ming tonnaga kamaytirdi.
O‘zbekistondan yuqori o‘rinlarda Ispaniya, Turkiya, Fransiya, Italiya va Gretsiya turibdi.
2016 yilda O‘zbekiston o‘rik eksport qilish hajmi bo‘yicha faqatgina Ispaniyadan ortda qolib ikkinchi o‘rinni egallagan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bunda o‘rikning deyarli 100%i faqat bir davlatga – Rossiyaga eksport qilingan.