Toshkentda ofitserlarga pogon topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligida yosh leytenantlarning bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy ta’lim muassasalari — Qurolli Kuchlar akademiyasi (umumqo‘shin fakulteti), Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot tezxnologiyalari universiteti maxsus fakulteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakultetida yosh ofitserlarning navbatdagi bitiruvi munosabati bilan tantanali tadbirlar o‘tkazildi.

O‘zbekistonda zahiradagi ofitserlar haqiqiy harbiy xizmatga chaqirildi
Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tgan tantanada O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaaliyev va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari, bitiruvchilarning qarindoshlari va yaqinlari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni samimiy muborakbod etib, keyingi xizmatida muvaffaqiyat va omadlar tiladi.

V Ministerstve oboroni proshli torjestva, po sluchayu vipuska leytenantov

O‘zbekiston Mustaqilligining 27-yilligi arafasida qo‘shinlarga yo‘llanma olgan leytenantlar Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarligi ma’no-mazmunini tubdan o‘zgartirish, taktik, o‘quv mashqlarini puxta rejalashtirish, ularni jangovar sharoitlarga imkon qadar to‘la yaqinlashtirgan holda olib borish tizimini takomillashtirish, harbiy xizmatchilarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida bor bilim va ko‘nikmalarini ishga solib, o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘shishiga ishonch bildirishdi.