Inson huquqlari masxarami: AQSh BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqmoqda

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, BMT inson huquqlari kengashi hozirda aybsiz mamlakatlarga "ayb qo‘yish" va huquqbuzarlik sodir etgan davlatlarning ayblarini bekitish bilan shug‘ullanmoqda
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. AQSh seshanba kuni BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi tarkibidan chiqishini e’lon qildi. Qo‘shma Shtatlarning ushbu qarorini qator mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tanqidiy baholashmoqda.

AQShda ota-ona uydan ko‘chib chiqmagani uchun 30 yashar farzandini sudga berdi
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida uning mamlakati ushbu qarorni nega qabul qilganligi boisini quyidagicha izohladi: "Chunki deganda Vashingtonning inson huquqlariga amal qilishga bo‘lgan sodiqligi uning "inson huquqlarini masxaraga aylantirayotgan ikkiyuzlamachi tashkilotning bir bo‘lagi bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydi".

Shu bilan birga Xeyli AQSh BMT inson huquqlari bo‘yicha kengashida islohotlar o‘tkazilishi tarafdori ekanligi, va bu ishlar amalga oshirilgandan keyingina Qo‘shma Shtatlar ushbu tashkilotga qaytishi mumkin. Xeylining ishontirib aytishicha, AQSh tashkilot tarkibidan chiqqan taqdirda ham inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z ishlarini tashkilot doirasi tashqarisida ham davom ettiraveradi.

O‘z navbatida AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo ham Kengash inson huquqlarini himoya qilish o‘rniga, paymol qilingan huquqlarni "bekitish" bilan shug‘ullanayotganini ma’lum qilgan va tashkilotni "ikkiyuzlamachi", deya baholagan.

Xitoy AQShda inson huquqlari buzilayotgani haqidagi ma’ruzasini e’lon qildi
Pompeo, AQSh — inson huquqlarini ilgari surish bo‘yicha yetakchiligini qayd etgan. Uning so‘zlariga qaraganda, ba’zi bir davlatlar tomonidan berilgan va’dalar shu kungacha bajarilmasdan qolib ketdi. AQSh Davlat kotibi prezident Donald Tramp aytgan "BMT inson huquqlari bo‘yicha kengashi — BMT uchun sharmandalik manbai" degan so‘zlarni takrorlab o‘tdi. Nega deganda, uning tarkibida inson huquqlarini poymol etish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan davlatlar mavjud.

Pompeo shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha kengash "mamlakatlarni ular sodir etmagan huquqbuzarliklarda yolg‘ondan ayblab, shu bilan birga boshqa mamlakatlarning huquqbuzarliklari haqida "miq etmay" kelmoqda". "Kengash avval boshdan bayon etilgan maqsadlarni bajarmayapti. Uning tarkibida Xitoy, Kuba va Venesuela singari avtoritar hukumatlar mavjud", — deb ta’kidlab o‘tgan AQSh Davlat kotibi.