Kim Chen Inning yugurayotgan xos soqchilari haqida

Dunyodagi hech bir yetakchi Kim Chen In kabi uch darajali shaxsiy xavfsizlik tuzilmasiga ega emas
Sputnik

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In uch liniyali qo‘riqchilarga ega, deb xabar qilmoqda BBC.

Tramp Kim Chen In bilan uchrashdi
Yaqinda bo‘lib o‘tgan Janubiy va Shimoliy Koreya uchrashuvi chog‘ida Kim Chen Inning yugurayotgan qo‘riqchilari barchani taajjubda qoldirgan edi. Bugun Donald Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi chog‘ida ham butun dunyo yana bir marta o‘sha qo‘riqchilarni ko‘rdi.

Kim Shimoliy Koreyada bo‘lgan vaqtida, uning atrofini qo‘riqchilar uch chiziqda o‘rab olishadi: Kim mingan limuzinning ikki yonida yugurayotgan qo‘riqchilar va yetakchining bevosita yonida yuradigan qo‘riqchilar. Yetakchining yonida yuradigan qo‘riqchilar Markaziy partiyaning "№6 bo‘linmasi" ya’ni, rasman, Adyudantlar Bosh boshqarmasi xodimlari sifatida mashhur.

Aynan shu odamlar tomonidan Kimga yaqin yuradigan qo‘riqchilar liniyasi shakllantiriladi. Qo‘riqchilarni harbiy xizmatga chaqirilgan Koreya xalq armiyasi xizmatchilari orasidan saralab olishadi.

Islom Karimovning tan soqchisi bilan suhbat
Tanlov shartlari — bo‘y (u mamlakat yetakchisi bo‘yi bilan teng bo‘lishi lozim) va yaxshi ko‘rish qobiliyatidan iborat. Shuningdek, nomzodlar jismonan chiniqqan eliklarini namoyon etmoqlari hamda bexato otish va jang san’ati bo‘yicha o‘z iqtidorlarini ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.

Shundan so‘ng ular davlat xavfsizlik organlari tomonidan sinchiklab tekshiriladi: oilaning ikki avlod vakillari to‘g‘risida ma’lumotlar o‘rganiladi. Adyudantlar Bosh boshqarmasining aksariyat xodimlari Kimlar klani qarindoshlari yoki KXDRdagi boshqa oliy martabali oilalar vakillaridan iborat.

Qo‘riqchi lavozimiga tayinlanish to‘g‘risida tasdiqni olgach, nomzodlar intensiv tayyorlov kursidan o‘tishadi. Bu kurs Koreya xalq armiyasidagi spesnazlarni jangovar tayyorlash kursini eslatadi. Ularni to‘pponchadan foydalanish, maskirovka metodlaridan foydalanish va ta’qibdan qochish, shuningdek, jang san’atiga o‘rgatishadi. Kursantlar odatda murakkab jismoniy va ruhiy tayyorgarlikdan o‘tadilar.

Odatda tan soqchilar yetakchi atrofida perimetr bo‘ylab 360 gradusda aylana hosil qilishadi. Qoidaga ko‘ra, Kim Chen Inning oldida 3 nafardan 5 nafargacha tan soqchilar, (shu jumladan, Adyudantlar Bosh boshqarmasi rahbari ham) harakatlanadi.

OAV: 8 yoshga to‘lgan Kim Chen Inga ta’zim qilgan generallar hozir ham uning yonida
Ikkala tomonida 4 nafardan 6 nafargacha — ikki tomonida 2 yoki 3 nafardan tan soqchi bo‘ladi. Orqa tomonida yana 5-6 nafar qo‘riqchi joylashadi.

KXDRda Oliy yetakchi oldida faqat tan soqchilargagina o‘t ochish qurolini olib yurishga ruxsat berilgan.

Shunday bo‘lsa-da, tan soqchilarning asosiy quroli — yetakchini o‘rab turgan odamlarni kuzata olish qobiliyati hisoblanadi. Ular tahdidni jismoniy aralashuv yo‘li bilan vaqtida bartaraf etishlari shart. Adyudantlar Bosh boshqarmasida 200-300 xodim mavjud — ulardan teng yarmidan ko‘pi — tan soqchilardir. Qolganlari haydovchi yoki texnik xodim sifatida faoliyat yuritishadi.

Oliy yetakchining ayrim tan soqchilari ko‘p yillardan buyon xizmat qilayotgan bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi ushbu lavozimda 10-yilga yaqin qoladi.

Janubiy Koreya OAVlari tomonidan Kim Chen In poyabzali siri oshkor etildi
Kimning atrofidagi ikkinchi va uchinchi chiziq Qo‘mondonlik qo‘riqlash xodimlaridan iboratdir. Agar Adyudantlar Bosh boshqarmasi xodimlari oliy yetakchining o‘zini qo‘riqlasa, Qo‘mondonlik qo‘shinlari yetakchi joylashadigan xona xavfsizligi uchun javobgardir. Xoh u ofis binosi bo‘lsin yoki chet eldagi xususiy kvartira.

OAVlarda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Singapurga Pxenyandan uchta samolyot kelgan, shulardan eng kamida ikkitasini Qo‘mondonlik qo‘riqlash xodimlari egallashgan.

Dunyo yetakchilaridan hech qaysi Kim Chen In singari uch darajali shaxsiy xavfsizlik tuzilmasiga ega emas.