Janubiy Koreya OAVlari tomonidan Kim Chen In poyabzali siri oshkor etildi

© Korea Summit Press Pool / AFPVstrecha liderov Yujnoy i Severnoy Korei
Vstrecha liderov Yujnoy i Severnoy Korei - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertlar Kim Chen In poyabzalining noyob shakliga e’tibor berdilar. Ular KXDR yetakchisi balandroq ko‘rinish uchun maxsus patakdan foydalanadi, deya taxmin qilishmoqda

TOShKENT, 4-may — Sputnik. KXDR yetakchisi Kim Chen In taxminlarga ko‘ra, uzunroq ko‘rinish uchun maxsus patakdan foydalanadi, bu haqda Janubiy Koreyaning "Choson ilbo" nashri xabar bermoqda.

Lideri KNDR i Yujnoy Korei Kim Chen In i Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya rahbari Kim Chen Inga ichida yangi iqtisodiyot loyihasi bo‘lgan fleshkani topshirdi
Nashr muxbirlari KXDR va Janubiy Koreya yetakchilarining Pxanmundjomda tushgan fotosuratlarini olib, ekspertlarga murojaat etdilar va Shimoliy Koreya rahbarining tashqi ko‘rinishini tahlil qilib berishni so‘radilar. Kim va janubiy koreyalik yetakchi Mun Chje Inning bo‘yini taqqoslagan ekspertlar, Kim Chen Inning bo‘yi hamkasbinikidan ko‘ra ikki-uch santimetr pastligini ilg‘adilar.

Mun Chje Inning bo‘yi 168 santimetrga yaqin edi.

Shu bilan birga Kim Chen In poyabzalining noyob shakliga e’tibor qaratgan mutaxassislar, uning uzun ko‘rinish uchun maxsus patakdan foydalanishini taxmin qildilar.

Shu tariqa, shimoliy koreyalik yetakchining bo‘yi taxminan 162,5 santimetrni tashkil etishi kerak, deb yozadi "Choson ilbo".

Eslatib o‘tamiz, koreyalararo sammit o‘n yil deganda birinchi marta 27-aprel kuni ikki davlat chegarasida joylashgan Pxanmundjomdagi muzokaralar punktida bo‘lib o‘tdi. Kim Chen In Januyuiy Koreya javobgarligi hududiga kiruvchi harbiy-demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan birinchi shimoliy koreyalik rahbar bo‘ldi. Sammit yakuni bo‘yicha Koreya yarimorolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish va mamlakatlar o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida hamkorlikdagi deklaratsiya qabul qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0