Ekspert fikriga ko‘ra, Toshkent o‘zining mahsulotlarini sotish uchun Singapurni bevosita to‘laqonli bozor sifatida ko‘rib chiqishi kerak emas.
"Bunday rejalar deyarli muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Singapurda allaqaroch mahsulot yetkazib beruvchilar, bozorlar, mahsulotlar tuzilmasi hosil bo‘lgan, bundan tashqari qattiq sertifikatsiya talablariga ega. Biroq ushbu davlatda boshqa afzallik bor — bu yirik xab hisoblanadi, subshartnomalar va mahsulotlarni qayta sotish hisobiga uchinchi davlatlarga, ya’ni Malayziya va Indoneziyadan boshlab Yaqin Sharq, Afrika davlatlarigacha chiqish mumkin bo‘ladi", — deya o‘z fikrini bildirdi Bikov.
O‘zbekiston uchun singapurlik kompaniyalarining aloqalari yordamida o‘z mahsulotlarini boshqa bozorlarga olib chiqish bo‘yicha imkoniyat va yutuqlardan foylanish yanada foydali bo‘ladi deb qo‘shimcha qildi u.
Ekspert ta’kidlashicha, mamlakatlar boshqa masalalarda, masalan, sayyohlik, ta’lim va transport sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishmoqda.
"Hamkorlik salohiyati juda katta", — deb xulosa qildi Bikov.
Hamkorlikning istiqbollari haqida batafsil bizning radiopodkastimizda tinglashingiz mumkin.