Endi u "Milliy": Toshkentda "Bunyodkor" stadioni nomi o‘zgartirildi

Ushbu xabar internet tarmog‘i foydalanuvchilari tomonidan juda qizg‘in muhokama qilinmoqda
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Toshkentning eng hashamatli stadioni "Bunyodkor" nomi "Milliy" etib o‘zgartirildi.

Bu haqda mahalliy OAVlarda hamda Toshkent shahar hokimligi rasmiy saytida xabar qilindi.

Yangi “Paxtakor” stadioni xorijiy kompaniya loyihasi asosida quriladi

Joriy yilning 16-mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzolagan.

Hujjatda "Bunyodkor" stadionining butun majmuasi va inshootlari futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish va sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazishda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining asosiy bazasi hisoblanishi belgilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2012-yilning sentabrida ochilgan "Bunyodkor" stadioni o‘z ichiga 34 ming tomoshabinni sig‘dira oladi.