TOShKENT, 16-may — Sputnik. General Electric va "O‘zbekenergo" energetika sohasida hamkorlik qilish haqida shartnoma imzolashdi, deb xabar qilmoqda Sputnikmuxbiri.
Yangi shartnoma O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShdabo‘lib o‘tayotgan tashrifi doirasida imzolandi.
Tomonlar Toshkent IESida GE kompaniyasining H-klass turbinasi asosida quvvati 660 MVtdan ortiq bo‘lgan yangi gaz-bug‘ bloki qurish haqida kelishib olishdi.
General Electric kompaniyasi ishlab chiqarayotgan turbinalar orasida H-klass turbinalari eng kuchli hisoblanadi. Ushbu turbinalar asosida qurilgan bug‘-gaz generatorlari rekord darajada samarali hisoblanadi. Xususan, 2018-yilda, Yaponiyaning Nagoya shahrida o‘rnatilgan turbinalar 63,08 % foydali ish koefitsenti ko‘rsatib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi.
“Biz “O‘zbekenergo” bilan mamlakatdagi energetika obyektlarining samaradorligi va ekologik tozaligini oshirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlikning rivojlanayotganidan xursandmiz. GE ning Zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash O‘zbekiston aholisini va korxonalarini sifatli va ishonchli energiya manbai bilan ta’minlash imkonini beradi”, — dedi kompaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha bosh birektori Bela Ferensi.
Undan tashqari GE va "O‘zbekenergo", samaradorligi yuqori bo‘lgan bug‘-gaz energiya manbaalarini O‘zbekistonning ko‘mir energiya bloklarida foydalanish istiqbollarini o‘rganib chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib olishdi. GE texnologiyalari yordamida ko‘mirdan yanada samarali foydalanish hamda atmosferaga chiqarib tashlanayotgan emissiyalar miqdorini xalqaro normalarga yetkazish mumkin bo‘ladi.
"O‘zbekenergo" mamlakatdagi energobloklarni yangilash va zamonaviylashtirish bo‘yicha uzoq muddatli investitsion dasturni amalga oshirmoqda. GE uskunalari butun dunyoda o‘zining samaradorligini namoyish qildi. Bizning hamkorlik munosabatlarimizning kengayishi iqtisodiy rivojlanishning o‘sishi va O‘zbekiston energetika sohasining barqaror ishlashiga olib keladi”, — dedi “O‘zbekenergo” boshqarmasi raisi Ulugbek Mustafayev.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda ishlayotgan elektr stansiyalari quvvati 14,1 GVtni tashkil qiladi. Ushbu energiyaning 90%dan ortig‘i IESlarda ishlab chiqariladi.