TOShKENT, 14-may — Sputnik. Shu haftada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga davlat tashrifi chog‘ida 4 milliard dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
Bu haqda dushanba kuni AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjatlar savdo, tijorat, investitsiya sohalariga taalluqli bo‘ladi.
Lemm ta’kidlashicha, iqtisodiy hamkorligining eng istiqbolli yo‘nalishlari bu — neftgaz va rangli metallurgiya sohalaridir.
"Biz O‘zbekistonda qo‘shma sanoat korxonalarini yaratish bo‘yicha ko‘plab hamkorlik qilish nuqtalarini ko‘rmoqdamiz", — deb qo‘shimcha qildi savdo palatasi raisi.
Donald Tramp va Shavkat Mirziyoyev birinchi marta 2017-yil may oyida Er-Riyad shahrida arab-musulmon davlatlari va AQSh sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazishgan.
O‘zbekiston prezidenti 2017-yil 72-chi BMTning Bosh assambleya sessiyasida Trampning Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha strategiyasini qo‘llab-quvvatlagan.
Eslatib o‘tamiz, 15-17 may kunlari Mirziyoyevning AQShga tashrifi amalga oshiriladi.