Amerikalik general Rossiya faqat kuchni tushunadi, deb aytdi

"Rossiya - buyuk tarixga va shaxslariga ega buyuk davlat, lekin ular faqat kuchni hurmat qiladi. Agar bizning alyansimiz birdamlik va qat’iyatni namoyon etmasa, u holda, biz uning agressiyasiga dalda bergan bo‘lamiz", - dedi general Xodjes
Sputnik

TOShKENT, 12-may — Sputnik. NATO "faqat kuchni tushunadigan" Rossiyaga qarshilik ko‘rsatishda o‘z birdamligini namoyon qilishi kerak, deb bayonot qildi AQShning Yevropadagi piyoda qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-leytenant Ben Xodjes.

"Tinchlantiruvchi nutq": NATO Bosh kotibi Tramp va Rossiyadan qo‘rqmaslikka chaqirdi
"Rossiya — buyuk tarixga va shaxslariga ega buyuk davlat, lekin ular faqat kuchni hurmat qiladi. Agar bizning alyansimiz birdamlik va qat’iyatni namoyon etmasa, u holda, biz uning agressiyasiga dalda bergan bo‘lamiz", — dedi Xodjes Polshaning TVN24 telekanaliga bergan intervyusida.

Generalga ko‘ra, Moskvaning maqsadi — Yevropa Ittifoqi va NATO tamoyillarini yo‘qqa chiqarish hamda alyans a’zolarini tashkilot ularni himoya qilishga yaroqsiz ekanligiga ishontirishdan iborat.

"Bu shuni anglatadiki, biz gibrid urush, dezinformatsiya, yadroviy tahdid va kiberterroristik hujumlarga ro‘baro kelmoqdamiz", — deb bayonot qildi u.

"Rossiya o‘zining xorijdagi fuqarolarini himoya qilishni o‘z burchi deb biladi", — deb qo‘shimcha qildi general. Xodjesning fikriga ko‘ra, bu Boltiqbo‘yi mamlakatlari yoki Polshaga tezlik bilan bostirib kirishga sabab bo‘la oladi.

Putin: AQSh halokatli vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda
"Rossiya bu kabi katta xatoga yo‘l qo‘yishining oldini qay tarzda olishimiz mumkin? Alyans bizning reaksiyamiz tezligini oshirishga harakat qilmoqda. Polshaning modernizatsiya borasida qilayotgan ishlari bizning imkoniyatimizni kengaytiradi. <…> Biz Rossiyaga biz ham tez, yoki ular kabi tez harakatlana olishimizni ko‘rsatmog‘imiz darkor. Keyin biz ham ular bilan xuddi sovuq urush davridagi munosabatlarga ega bo‘lamiz", — deb bayonot qildi general.

O‘tgan yilning aprel oyi oxirida Brusselda NATOga a’zo mamlakatlar TIV rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘shanda tomonlar Rossiyaga nisbatan "to‘xtatib turish" siyosatini o‘tkazishni davom ettirishlarini tasdiqladilar. Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg ta’kidlaganidek, tashkilot uchun vujudga kelayotgan chaqiriqlarga tezlik bilan munosabat bildirish juda muhim, xuddi "Skripal ishi"da bo‘lgani kabi.

Shu bilan birga Moskva ko‘p marotaba, britaniya razvedkasiga ishlagan RBB sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishiga aloqador emasligini ko‘p ta’kidlagan. Rossiya shuningdek, Rossiya — NATO Kengashi doirasida alyans bilan hamkorlikka tayyorligini bildirgan. Rossiya TIVdagi manbaning ta’kidiga ko‘ra, alyans qoshida Rossiya vakillarining soni qisqartirilishi bunday dialogning boshlanishi uchun imkoniyatlarni toraytirmoqda.